Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktablarda «Halollik» to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi
Maktablarda «O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori» 10 kunligi va «Halollik» to‘garaklari yo‘lga qo‘yiladi.
Foto: Kun.uz
Maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida «O‘quvchi yoshlar halollik tarafdori» 10 kunligi va «Halollik» to‘garaklari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Profilaktika kunlari» va «Sinf soat»lari doirasida «Halollik qadriyatlari», «To‘g‘rilik, mehnatsevarlik xotirjam hayot asosi» mavzularida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etiladi.
Kasb-hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida «OTM–viloyat–respublika» tizimi asosida bilimlar bellashuvi tashkil etiladi. «Aksilkorrupsiya kovorking» markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
9 dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni» munosabati bilan barcha oliy ta’lim muassasalarida «Yoshlar korrupsiyaga yo‘q deydi!» mavzusida eng yaxshi rasmlar tanlovi, OTM ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida #Stop_korrupsiya heshtegi ostida chellenj, ota-onalar o‘rtasida «Iste’molchilarning ta’lim xizmatlari sifatidan qanoatlanganligi» mavzusi bo‘yicha sotsiologik so‘rovnoma o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:40 / 14.10.2025
Kambag‘al oilalar farzandlarining to‘garak xarajatlari qoplab beriladi
17:23 / 16.06.2025
Kambag‘al oilalar farzandlari qo‘shimcha ta’limga jalb qilinadi
12:47 / 26.06.2024
Samarqandda O‘zbekiston-Germaniya salomatlik fanlari oliy maktabi ochildi
07:59 / 26.06.2024