Hukumat qarori bilan «Davlat umumiy örta ta’lim taşkilotlarida ayrim toifadagi öquvçilarni maktabdan taşqari ta’limga jalb qiliş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.

Nizom davlat umumiy örta ta’lim taşkilotlarida ayrim toifadagi öquvçilarni qöşimça ta’limga jalb qiliş hamda öqitiş xarajatlarining 80 foizini davlat budjetidan qoplab beriş tartibini belgilaydi.

Ayrim toifadagi öquvçilar Kambağal oilalar reyestridagi oilalarning umumiy örta ta’lim taşkilotlarida ta’lim olayotgan farzandlari hisoblanadi.

Öquvçilar tögaraklarga ixtiyoriylik asosida jalb etiladi.

Öquvçilarning ota-onalari hamda ta’lim taşkilotlari örtasida şartnomalar tuziş YaIDXP (my.gov.uz) orqali amalga oşiriladi.

Ta’lim taşkilotlari tomonidan körsatiladigan xizmatlar böyiça 1 nafar öquvçiga har bir tögarak uçun 1 oylik tölov quyidagi miqdorlardan oşmaydi:

7-11 yoşdagi öquvçilar uçun darsdan keyingi qöşimça ta’lim (uzaytirilgan kun guruhlari) uçun BHM 1 baravaridan;

12-18 yoşdagi öquvçilar uçun umumta’lim fanlari, 15-18 yoşdagi öquvçilar uçun xorijiy til yönalişlaridagi tögaraklar uçun BHM 2 baravaridan;

15-18 yoşdagi öquvçilar uçun axborot texnologiyalari, kasb-hunar yönalişlaridagi tögaraklar uçun BHM 4 baravaridan.

Tögarak tölovining 80 foizi Davlat budjetidan, 20 foizi öquvçining ota-onasi tomonidan tölanadi.