Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Import qilingan farmatsevtika xom ashyosini QQSdan ozod qilish mexanizmi o‘zgaradi
Foto: Pixabay
Soliq kodeksining 211-moddasiga tuzatishlar loyihasi Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida taqdim etilgan. Bu haqda Norma yozmoqda.
Bugungi kunda dori vositalari va tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlarni ishlab chiqarish uchun import qilinadigan xom ashyo tegishli ro‘yxatda qayd etilgan bo‘lsa, QQSdan ozod qilinadi. Imtiyozni qo‘llash prinsipi: «ro‘yxatda bormi – imtiyoz qo‘llanadi».
Tuzatishlar bilan boshqacha algoritm taklif etilmoqda. Mamlakatimizda ishlab chiqariladigan tegishli xom ashyo va substansiyalar ro‘yxati shakllantiriladi. Tegishincha, ushbu pozitsiyalar import qilinayotganda Soliq kodeksining 211-moddasi 6-bandida nazarda tutilgan QQS bo‘yicha imtiyoz qo‘llanmaydi. Ro‘yxatda qayd etilmagan xom ashyo va substansiyalar import qilinganda esa u QQSdan ozod etiladi. Imtiyozni qo‘llash prinsipi: «ro‘yxatda bormi – imtiyoz qo‘llanmaydi».
Ayni paytda tayyor dori vositalari va tibbiyot uchun mo‘ljallangan buyumlarga nisbatan shunday yondashuvdan foydalanilmoqda. Imtiyoz qo‘llanmasligiga asos bo‘ladigan ro‘yxat mavjud, qolganlari esa import qilinganda QQSdan ozod etiladi.
Biroq alohida ro‘yxat bo‘yicha veterinariya dori vositalarini ishlab chiqarish uchun xom ashyoni import qilishda QQSga doir imtiyozni qo‘llashning amaldagi tartibi o‘zgartirishsiz qoldiriladi. Faqat unda qayd etilgan nomlanishlar import qilinganda keyinchalik ham QQSdan ozod etilaveradi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
08:31 / 07.04.2026
O‘zbekiston va Pokiston yuqori texnologiyali dori ishlab chiqarishi mumkin
08:28 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulot uchun xomashyoga import bojlari bekor qilinadi
15:21 / 21.03.2026
YeI Xitoydan birinchi marta unga yetkazib berganidan ko‘ra ko‘proq avtomobil import qildi
12:50 / 10.03.2026