OTMga hujjat topşiriş muddati yaqinlaşmoqda, yaqinda davlat imtihonlari ham ötkaziladi. Maktab öquvçilari, umuman abituriyentlar juda katta umidlar bilan bu jarayonga kirişadi. Xöş, aslida oliy ta’lim tizimi ularning bu işonçini oqlayaptimi? Nima sabab bu tizim hanuzgaça kutilgan darajada özgarmayapti? Nimalarda xato qilinyapti?

Mavzu atrofidagi bir qança savollarga javob topiş va ularni tahlil qiliş maqsadida Kun.uz “Silk Road Research Academy” ijroçi direktori, professor Azamat Akbarov, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining department hamda boşqarma boşliqlari Abduvali Xoliqov va Şerzod Ne’matov bilan suhbatlaşdi.

– Dastlab oliy ta’lim muassasalarining reytingi haqida gaplaşsak. Bilasiz, 2019 yilda Özbekiston oliy ta’lim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş konsepsiyasi qabul qilingan. Unga köra, şu muddatgaça respublikadagi kamida 10 ta oliygoh xalqaro reytinglarning birinçi mingtaligiga kiritilişi belgilangan.

Misol uçun, Özbekiston Milliy universiteti va Samarqand davlat universitetini birinçi 500 talikk kiritiş ham qayd etilgan. Ammo hujjatda aytilgan xalqaro reytinglarga qaralsa, birorta oliygohimiz top 500 talik tursin, mingtalikka hanuzgaça kirgani yöq. Sizningça, 7 yil içida bu natijaga erişamizmi? Aslida top reytinglarga qança vaqtda kirişga umid qiliş mumkin? Bunda bizga nimalar tösqinlik qilmoqda?

Azamat Akbarov: Har bir universitetni taşkil etişdan maqsad böladi. Masalan, oliygohlar joylaşgan hududini, davlatini rivojlantirişi kerak böladi. Yevropa, Amerika tajribasidan kelib çiqsak, har bir universitetga boğliq şartlar bor. Hozirgi davr universitetlari – birinçi avlod universitetlari, ya’ni 1970-80-yillardagi OTMlardan farqli ravişda faqatgina internetdagi bor ma’lumotni olib, auditoriyaga yetkaziş emas, balki öşa ma’lumotni tahlil qilib, yangi qöşilgan qiymat bilan mahsulotni yarata oladigan kadrni çiqariş kerak bozorga. Bu bilan birga çiqadigan kadrlar bozorda iş beruvçilarning işonçini qozonadigan bölsa, bu öşa davlatning YaIMga katta hissa qöşgan böladi. Demak, biz bor bölgan vatandoşlarni çet elga emas, ularni Özbekistonning özida saqlab, viloyatlarning turli xil burçaklarida iş bilan ta’minlaşimiz, bu Özbekistonni iqtisodiy reytinglarda ilğor davlatlar qatoriga qöşa oladigan omil hisoblanişi kerak.