Prezidentning “Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillaştirişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoniga köra, mamlakatda oliy ta’lim tizimini yangi bosqiçga olib çiqişga qaratilgan qator muhim yangiliklar belgilandi.
Jumladan, “U 10 – Özbekistonning global ilğor universitetlari” dasturi doirasida davlat ilmiy dasturlari asosida Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan ötkaziladigan tanlovda ğolib bölgan 10 ta oliy ta’lim taşkilotiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Bu maqom ularning ilmiy salohiyatini oşiriş va xalqaro raqobatbardoşligini kuçaytirişga xizmat qiladi.
Şuningdek, 2027 yil 1 yanvardan oliy ta’lim taşkilotlari milliy reytingi natijalariga köra moliyaviy rağbatlantiriş tizimi joriy etiladi. Unga muvofiq, oliygohlar faoliyati samaradorligiga qarab toifalarga ajratiladi.
Milliy reyting natijalariga köra, har bir toifa guruhiga mansub oliy ta’lim taşkilotlarining 20 foizi birinçi darajaga, 40 foizdan ikkinçi va uçinçi darajalarga kiritiladi.
Şu bilan birga, 2027 yildan davlat granti asosida ta’lim olayotgan talabalarni öqitiş xarajatlarini hisoblaşning yangi tartibi joriy etiladi. Bunda professor-öqituvçilarga töğri keladigan talabalar soni, ta’lim yönalişining murakkabligi, moddiy-texnik baza, ustuvor sohalarga moslik hamda oliy ta’lim muassasasining ilmiy yönaltirilganligi kabi omillar inobatga olinadi.
Mazkur özgarişlar oliy ta’lim tizimining sifatini oşiriş, ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş va xalqaro standartlarga mos raqobatbardoş kadrlar tayyorlaşga xizmat qilişi kutilmoqda.








