Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angrenda devor oshgan o‘g‘ri ushlandi
Toshkent viloyatining Angren shahrida 2019 yil 30 iyul kuni noma'lum shaxs Chinniobod mahallasi Iltifot ko‘chasida yashovchi 54 yoshli M.X.ning uyiga devor oshish yo‘li bilan kirgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, bu shaxs uydan 3 500 AQSh dollari va 920 000 so‘m pullarini o‘g‘irlab ketgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Angren shahar 8-mart mahallasida yashovchi 24 yoshli H.U. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
08:36 / 19.11.2025
Angrenda zo‘ravonlikka uchragan qiz bo‘yicha jinoyat ishi sudda ko‘rilmoqda
19:57 / 02.11.2025
Toshkentda mashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
09:47 / 31.10.2025
Luvrdagi o‘g‘rilik bo‘yicha yana besh gumondor qo‘lga olindi
18:39 / 29.10.2025