Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda mashina olib qochgan shaxs qo‘lga olindi
Avtomobil olib qochilishiga egasining mashina kalitini o‘t oldirgichda qoldirib ketgani sabab bo‘lgan.
Foto: Videodan kadr
Toshkent shahrida ichki ishlar xodimlari tomonidan Shayxontohur tumanida transport vositasini o‘g‘irlashda gumon qilinayotgan shaxs qo‘lga olindi.
Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berishicha, Shayxontohur tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi navbatchi qismiga fuqarolardan birining transport vositasi olib qochib ketilgani haqida xabar kelib tushgan. Murojaatga asosan tezkor-qidiruv xizmati jinoyat-qidiruv boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar davomida ushbu jinoyatni sodir etgan shaxs qo‘lga olingan va avtomobil topilgan.
Ushbu shaxs eshigi qiya ochiq turgan mashinani uchratib qolgach, uning ichidagi buyumlarni o‘g‘irlab sotishni rejalashtirgani, ammo kalit o‘t oldirgichda qoldirilganini ko‘rgani, shundan keyin haydovchi o‘rniga o‘tirib, mashinani haydab ketganini aytib bergan.
U mashinani Bektemir tumani hududiga, Chirchiq daryosi bo‘yiga olib borgan, uning ichidan ikki dona monitor, bir dona videoregistrator, bitta fonar hamda sumkani olib, voqea joyidan yashiringan. Muqaddam sudlangan ushbu shaxs o‘z harakati oqibatlarini bilmaganini aytib, qilgan ishidan pushaymonligini bildirgan hamda uzr so‘ragan.
Mashina egasi holatga kalitni o‘t oldirgichda qoldirgani uchun o‘zi ham ma’lum darajada aybdorligini tan olib, boshqa haydovchilarni ehtiyotkorlikka chaqirgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositalarini olib qochish) 2-qismi «g» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchini qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:47 / 07.01.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchilar o‘rtasidagi janjal bo‘yicha chora ko‘rildi
12:05 / 07.01.2026
Humans ilovasi orqali 2 mingdan ortiq shaxsning pullari o‘g‘irlangan – manba
14:39 / 06.01.2026
Germaniya tarixidagi eng yirik bank o‘g‘riligi: birinchi muhim dalil topildi
11:55 / 03.01.2026