Fransiya politsiyasi çorşanba kuni Luvrga öğirlikka tuşişda gumon qilingan yana beş kişini qölga oldi, deya xabar bermoqda mahalliy OAV Parij prokurori Laura Bekkoga tayanib. Şu tariqa, şov-şuvli iş böyiça qölga olinganlar soni yetti kişini taşkil etmoqda. Öğirlangan qimmatbaho buyumlar esa hali topilgani yöq.
Prokuror RTL radiostansiyasiga aytişiça, qölga olinganlardan biri jinoyat joyida qoldirilgan DNK izlari orqali topilgan. AFP öz xabarida uni asosiy gumondor deb atagan.
«Biz uni köz ostimizga olib qöygandik, – dedi Bekko. – Hibsga olingan boşqa şaxslarga kelsak, ular öşa kuni nima bölgani haqida ma’lumot bera oladigan odamlardir».
Prokurorning sözlariga köra, gumonlanuvçilar haqida qöşimça ma’lumot berişga hali erta.
Oxirgi qölga oliş tadbirlari mazkur iş doirasida oldinroq uşlangan ikki figurantga çorşanba kuni öğirlik va jinoiy til biriktiriş böyiça ayblov qöyilganidan keyin sodir böldi, deb yozadi AFP.
Ular ötgan şanba kuni qölga olingan, ulardan biri mamlakatni tark etib, Jazoirga uçib ketmoqçi bölgandi. Xabar qilinişiça, ular aybini qisman tan olgan.
Luvrdagi öğrilik 19 oktyabr kuni sodir bölgandi – dunyodagi eng köp mijoz taşrif buyuriladigan muzeydan 88 million yevrolik (100 million dollardan ortiq) tarixiy boyliklar öğirlangan. Öğirlikda bevosita tört kişi iştirok etgan.
Payşanba kungi qölga olişlar Parij va uning atrofida, xususan, Sen-Sen-Deni departamentida amalga oşirilgan.
«Politsiya tomonidan keçki va tungi vaqtlarda ötkazilgan tintuvlar öğirlangan boyliklarni topişga yordam bermadi», – dedi prokuror va «tergov işlari tobora kuçaytirilayotgani»ni ta’kidladi.
«Tergov sekin-astalik bilan, bosqiçma-bosqiç gumonlanuvçilar doirasini toraytirmoqda va barça aloqadorlarni aniqlaş böyiça işlarni davom ettirmoqda», – deya ta’kidladi Bekko.
«Men ular [qimmatbaho buyumlar] topilişi va Luvrga hamda millatga qaytarilişiga umid qilaman. Bu taqinçoqlarni hozir sotişning iloji yöq, albatta. Ularni qaytarişga hali keç emas».


















