Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi O‘zbekiston ko‘chasini obodonlashtirishga 81,5 mlrd so‘m ajratiladi
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov mulkdorlar kompensatsiyasi, piyodalar va velosiped yo‘laklari qurish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab obodonlashtirish ishlariga 81,5 mlrd so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun Toshkent shahri hokimligi tomonidan 81,5 milliard so‘m ajratilmoqda. 4 iyun kuni poytaxt hokimi Shavkat Umurzoqovning bu boradagi tegishli qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, moliyalashtirish O‘zbekiston prezidentining 2022 yil 30 iyundagi Yangi O‘zbekiston ko‘chasining yo‘l bo‘yi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori doirasida amalga oshiriladi.
Mablag‘lar shaharni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan Yangi O‘zbekiston ko‘chasi bo‘ylab zaxira yer fondiga o‘tkazilgan yer uchastkalari uchun mulkdorlar va fermer xo‘jaliklariga kompensatsiya to‘lash, piyodalar va velosiped yo‘laklari qurish, sayilgohlar va favvoralar tashkil etish, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladi.
Mablag‘lar «Yangi O‘zbekiston ko‘chasi» biznes markazi qurilish-foydalanish direksiyasi hisobraqamiga o‘tkaziladi. Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari ajratilgan mablag‘ ijrosi bo‘yicha xalq deputatlari Toshkent shahar kengashiga hisobot kiritadi.
O‘z navbatida «Yangi O‘zbekiston ko‘chasi ishbilarmonlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direksiyasi» DUK ajratilgan mablag‘ni o‘rnatilgan tartibda maqsadli sarflanishini ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2022 yil aprelida Yangi O‘zbekiston ko‘chasi loyihasini ma’qullagan edi. U yerda umumiy maydoni 610 gektar bo‘lgan hududda to‘rt xil dizaynga ega to‘rt qavatli binolar, mehmonxonalar, kinoteatrlar, restoranlardan iborat zamonaviy majmualar qurish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
16:24 / 17.10.2025
Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi
08:20 / 08.10.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasining bir qismi vaqtincha yopildi
13:47 / 29.08.2025
Yangi O‘zbekiston ko‘chasidagi yerosti avtomobil yo‘li ochildi
22:28 / 12.06.2025