Toşkent şahriga kiriş va çiqişdagi nazorat punktlari köçiriladi. Bu haqda Toşkent şahri hokimining birinçi örinbosari Baxtiyor Haydarov «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Uning qayd etişiça, poytaxtning sanoat va transport infratuzilmasini rivojlantiriş masalalari yuzasidan 16 oktyabr kuni prezident boşçiligida ötkazilgan yiğilişda Toşkent şahriga kiriş va çiqiş postlarini köçiriş böyiça takliflar ma’qullandi.
Şaharga kiriş va çiqiş joylaridagi nazorat-ötkaziş punktlarini köçiriş – tirbandlikni kamaytirişga xizmat qilişi kerak.
Toşkent şahri hokimi Şavkat Umurzoqov esa har kuni poytaxtga 400 mingdan ortiq avtomobil kirib kelişi, 1 milliondan ortiq aholi kirib-çiqişi, köp avtomobil kirişining asosiy sababi jamoat transporti tizimli yölga qöyilmagani bilan boğliq ekanini ta’kidlagan.

«Toşkent şahri bilan viloyati hamda boşqa viloyat markazlari örtasida yönalişli avtobuslar mavjud emas. Şaharga kiriş joylarida esa şart-şaroitlar – avtovokzallar yaratilmagan.
Prezidentimiz mablağlarni ham hal qilib berdilar. Şahar taşqarisida, Toşkent yaqinida avtovokzallar, kempinglar, yuk va yengil avtomobillar uçun töxtaş joylari quriladi. Loyihalaş işlari 2025 yil, quriliş işlari esa uzoği keyingi yil boşida boşlaymiz.
Agar biz jamoat transportiga BRT’ga öxşab yöllarni oçib berib, marşrutlarni qöyib beradigan bölsak, Toşkentga kelayotgan odamlar bu jamoat transportidan foydalanadi. Bu öz örnida bugungi kunda 400 ming maşina kirib kelayotgan bölsa – bu yildan yilga ortib boryapti – keskin kamayişiga olib keladi va tirbandlikni muammolarni ança yeçadi», – dedi Şavkat Umurzoqov.
Şu bilan birga, şaharda turistik köçalar xalq tomonidan ijobiy qabul qilingani, bunday köçalarni köpaytiriş uçun yana qöşimça 1 trillion söm mablağ ajratilgani, dastlabki hisob-kitoblarga köra, 24 km hududda gavjum köçalar taşkil etilişi, bu orqali 20-30 ming atrofida işçi örni paydo bölişi aytib ötilgan.








