Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FIFA 18 futbol simulyatorida Lev Yashin va Pele kabi afsonalar paydo bo‘ladi
Moskvaning “Dinamo” klubi va sobiq Ittifoq terma jamoasi o‘yinchisi, afsonaviy darvozabon Lev Yashin FIFA 18 futbol simulyatorida paydo bo‘ladi. Bu haqda EA Sports FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yashin dunyo futbolining afsonaviy o‘yinchilari tarkibiga kiritiladi. Yashin bilan birga bu ro‘yxatdan Pele, Ronaldo, Terri Anri va Diyego Maradona kabi yulduzlar joy oladi.
Yashin 1956 yili Melburnda o‘tgan yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni va 1960 yilgi Yevropa chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Futbolchi “Dinamo” tarkibida 5 marotaba sobiq Ittifoq chempioni va 3 marotaba kubogi g‘olibi bo‘lgan.
Yashin “Oltin to‘p” mukofotiga loyiq topilgan tarixdagi yagona darvozabon hisoblanadi.
Avvalroq futbolchi Krishtianu Ronaldu FIFA 18 futbol simulyatori yuziga aylangani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
01:43 / 30.12.2022
«Alvido, Qirol». Pele merosi haqida
00:36 / 30.12.2022
Pele vafot etdi
13:24 / 28.12.2022
«Futbol qiroli saraton bilan kurashda tobora taslim bo‘lmoqda». Pelening ahvoli og‘irlashdi, Braziliyada tayyorgarlik boshlangan
09:33 / 04.12.2022