Braziliyalik sobiq futbolçi Pele San-Paulu şifoxonasiga şoşilinç yotqizilgandi. Uning tanasida köplab şiş va yurak yetişmovçiligi aniqlangan. 20 dekabr kuni futbolçining qizi uning şifoxonada ahvoli oğirligini ma’lum qilgandi.
27 dekabr kuni Pele oilasiga yaqin manba sanalmiş biznesmen Frenk Xolid futbol qirolining ahvoli tobora yomonlaşayotgani, u oilasi, döstlari bilan vidolaşganini aytgandi.
«Pele yaqinlari va döstlari bilan vidolaşmoqda. Futbol qiroli saraton bilan kuraşda afsuski sekin-asta taslim bölmoqda. Uning oilasi afsonaning ahvoli tobora oğirlaşayotganini aytdi», - deya yozgandi Xolid.
Pele içaklari, jigari va öpkasida ösmalar paydo bölgani tufayli bir neça oy davomida kimyoterapiya muolajasini olib kelayotgan edi. Biroq bu foyda bermagan.
Sobiq futbolçi 2021 yil sentabr oyida yöğon içakdagi ösimtani olib taşlaş böyiça operatsiya qilingandi, 2022 yilda esa uçta xavfli ösma va siydik yöllari infeksiyasini davolaş uçun ikki marta şifoxonaga yotqizilgan edi.
Ma’lumot uçun, Edson Arantes du Nasimentu yoki «Pele» uç marta (1958, 1962, 1970) jahon çempioni bölgan dunyodagi yagona futbolçi, XX asrning eng yaxşi futbolçisi hisoblanadi.

















