Bugungi körinişdagi futbol tarixi bir asrga yaqinlaşdi, demak, afsonalar ham öziga yaraşa köp. Ammo e’tibor berganmisiz, ba’zi yulduzlarga nisbatan «futbol afsonasi» ta’rifi işlatilmaydi. Şunçaki, afsona, deyiladi. 

Misol uçun Messi yoki Ronaldu futbolni tark etsa, ularning maydondagi ajoyib harakatlarini, gollarini soğinamiz. Qömsaymiz. Ammo Maradona deganda faqat öşa maşhur gollari emas, fikrlarini, yuqoridagi kabi iqtiboslarini ham tuşunamiz, köproq eslaymiz. Şu tomondan qaraganda, Maradona nafaqat futbol afsonasi...

Bir paytlar, «Çempion» gazetasida «Moziy yulduzlari» degan ruknni yuritardim. Har hafta uzoq va yaqin ötmişning bir yulduzi haqida hikoya qiluvçi bu rukn qahramonlarini özim tanlar, Bobbi Çarlton, Bakkenbauerlardan tortib Yohan Kroyf, Platinilargaça navbati bilan yozganman. 
Ammo ikki qirol - Pele va Maradona haqida heç qaçon yozmaganim, özimga ham qiziq tuyuladi. Bilmadim, qölim bormagan. Qörqqandirman. Bu ikkisi haqida juda köp yoziş kerakki, sahifalarga siğmaydi. Yoki umuman yozmaslik kerak. Nima ham yoziş mumkin axir, bu şaxsiyatlarning hayoti, faoliyati futboldan ham buyukroq...

Foto: Reuters

Bu ikki şaxs futbol orqali tanilmadilar, aksinça, futbolning şu darajaga çiqişida muhim rol öynadilar.

Diyego Maradona. Isyonkor. Doim tizimga nisbatan isyon qilib kelgan. Pele haq bölişni örgatgan bölsa, Maradona futbol orqali, inson doim öz haqiqatlari uçun kuraşiş kerakligini körsatib bergan. Futbolni maydondan taşqariga çiqargan.

«Men narkotik qabul qilib, raqiblarga yordam berganman, tasavvur qil, agar şunday bölmaganda qay darajada futbolçi bölardim?» - degandi bir kuni Diyego.

Göyoki, bu giyohvandlikka tarğibotdek tuyuladi, yöq, unday emas. U futboldan taşqari ham hayot borligini, inson öz qobiğida, sovrin va gollar içida, odamlarning gap-sözlari doirasida qolib ketmaslikka çaqirardi. Uning haqiqati şu ekan, notöğridir, ammo siz ham öz haqiqatingizni toping va u uçun kuraşing - mana, uning missiyasi.

Foto: Reuters

Bu ikki tirik ğoya heç qaçon ölmaydigandek tuyulardi menga...

Agar Diyegoni Mayk Taysonga qiyoslasak, Peleni Muhammad Aliga mengzaş mumkin.