Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi ishga taklif etmoqda
Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi madaniyat va turizm bo‘limi mahalliy-kotib sekretar lavozimiga tanlov asosida ishga taklif etmoqda.
Qayd etilishicha, nomzodlar quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1. Oliy ma'lumotga ega bo‘lishi;
2. Turk, o‘zbek va rus tillarini mukammal bilishi; (yozma va og‘zaki ravishda erkin muloqot qilishi)
3. Microsoft ofis dasturini bilishi;
4. Haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi.
Nomzodlar 30 yoshgacha bo‘lishi talab etiladi.
Yuqorida keltirilgan talablarga mos keladigan nomzodlar o‘zlari haqidagi ma'lumotnoma (rezyume) bilan haftaning ish kunlari Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Yahyo G‘ulomov ko‘chasi, 87-uyda joylashgan Turkiya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi madaniyat va turizm bo‘limiga shaxsan murojaat qilishlari mumkin.
Mavzuga oid
15:09 / 07.01.2026
Ishga joylashtirish bo‘yicha hukumatlararo kelishuvlar soni oshiriladi
16:54 / 25.12.2025
6000 funt oylik, qalbaki taklifnoma va g‘oyib bo‘lgan «menejer». Soxta ish e’lonlari ortidagi firibgarlik sxemasi
17:34 / 18.12.2025
Misrda o‘zbekistonliklarning ushlanishi bilan bog‘liq holatlar oshdi
20:21 / 27.11.2025