Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Qarz olib chetga ketgan vatandoshimiz yana 450 dollarga ruxsatnomani qanday oladi?»
Samarqand viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Jamshid O‘roqov Rossiyaga borgan yurtdoshlarimizning nega noqonuniy ishlashga harakat qilishlari sababi haqida gapirdi.
«Samarqand shahridagi Kimyogarlar qo‘rg‘onida monomarkaz ochdik. U yerda Boshqirdiston migratsion markazining filiali tashkil qilindi. Filial o‘tgan oyda ro‘yxatdan o‘tdi va boshqirdistonlik to‘rt nafar xodim ish boshladi. «Xo‘sh, bu bizga nima beradi?» degan savol tug‘ilishi mumkin. Boshqirdiston misolida aytaman, agar mehnat muhojirining o‘zi u yerga borsa, 21 kun ichida patent olishi kerak bo‘ladi. O‘zim guvoh bo‘ldim, hatto birgina ariza yozish 1500 rubl ekan. Qolaversa, tibbiy ko‘rikdan o‘tish, migratsion agentlikning ruxsatnomasi olinishi kerak.
Umuman, qonuniy ruxsatnoma olib ishlash jarayoni juda og‘ir va qimmat bo‘lgani uchun ham yurtdoshlarimiz u yerga borib, «nolegal» ishlayapti. Hisoblab chiqqanimizda, ruxsat olib ishlash uchun 450 AQSh dollar pul sarflanyapti. Endi savol tug‘iladi, migrant samolyot pulini ham qarzga olib ketgan bo‘lsa, qanaqasiga u 450 dollar pul berib, ruxsatnoma oladi?» — dedi hokim o‘rinbosari.
O‘roqov Samarqandda ochilgan monomarkazda hujjatlar to‘ldirish jarayoni bepul tashkil qilingani, faqatgina tibbiy ko‘rik o‘sha davlatning o‘zida bir kun ichida amalga oshirilishini ta'kidlab o‘tdi. Qolaversa, monomarkaz orqali boradigan fuqaroning ish, yashash joyi, ovqatlanishi, maoshi ham tayin bo‘lishini ma'lum qildi.
Aytish joiz, Jamshid O‘roqov o‘tgan yili Rossiyaning Saratov shahrida bo‘lib, o‘zbek diasporalari bilan tashqi migratsiya masalalari bo‘yicha kelishuv imzolagan edi.
Mavzuga oid
19:20 / 15.01.2026
Rossiyada ba’zi migrantlar «qimmatlagani» e’lon qilindi
18:30 / 15.01.2026
TIV nota berish bilangina cheklanib qolmoqda – prezident xorijdagi fuqarolar huquqlari buzilishi haqida
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
13:40 / 09.01.2026