Ma’lum bölişiça, mazkur video Samarqand viloyati Past Darğom tumanida yaşovçi fuqaro N.A. (1983 yilda tuğilgan) tomonidan ijtimoiy tarmoqqa joylangan.
Tekşiruv davomida aniqlanişiça, videodagi dastlabki kadrlar 2025 yil noyabr oyida Past Darğom tumanidagi «Obid Nur» töyxonasida bölib ötgan töy marosimida tasvirga olingan. Keyingi kadrlar esa tuman hududidagi boşqa — «Şomgul» töyxonasida olingan.
Qayd etilişiça, videoda bolalar tasvirlangan joyda heç qanday töy marosimi bölmagan. Fuqaro N.A. tomonidan ikki xil joyda olingan tasvirlar montaj qilingan holda birlaştirilib, yagona videorolik şaklida tarqatilgan. Uşbu rolik obunaçilar sonini oşiriş maqsadida, prank sifatida tayyorlangani ma’lum qilindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Past Darğom tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilmoqda va fuqaro N.A.ning harakatlariga huquqiy baho berilmoqda. Körilgan qonuniy çoralar haqida qöşimça ma’lumot berilişi aytildi.
Şu bilan birga, Bolalar ombudsmani pozitsiyasiga köra, nikoh yoşiga yetmagan şaxslar bilan boğliq nikohni har qanday şaklda tarğib qilişga yöl qöyib bölmaydi. Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida maxsus taqiqlovçi qonun normalarini joriy etiş zarurligi ta’kidlandi.
Ta’kidlanişiça, bola manfaatlariga zid bölgan bunday holatlarga jamiyatda mutlaqo örin yöq va ularga barham beriş lozim.
















