Jahon | 16:10 / 11.01.2018
6761
1 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya ham qarshi - mamlakatda kriptovalyutalar savdosi taqiqlanadi

Foto: Global Look Press

Janubiy Koreya Adliya vazirligi rahbari Pak San Kining ma'lum qilishicha, ayni damda mamlakat virtual birjalarida kriptovalyutalar savdosini taqiqlash to‘g‘risida qonun loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda «Interfaks» xabar berdi.

«Bizda virtual valyutalarga nisbatan katta shubha bor, Adliya vazirligi tegishli qonun loyihasini ishlab chiqmoqda, u bilan birjalarda kriptovalyutalar savdosi taqiqlanadi», - deya aytib o‘tdi Pak San Ki.

Vazir mamlakat birjalarida kriptovalyutalarning ehtimoliy taqiqlanishiga oid batafsil ma'lumotlarni ochiqlamagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Venesuela prezidenti Nikolas Maduro 100 mln El Petro milliy kriptovalyutasi chiqarilishi haqida ma'lum qilgandi.

Mavzuga oid