Janubiy Koreya maxsus prokurori Seul markaziy okrug sudida mamlakatning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni odil sudlovga tösqinlik qilişda ayblab, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilişni talab etdi.
Prokurorlar Yun Sok Yolni 2025 yil yanvarida prezident qarorgohi hududida tösib qöyilganida tergovçilarning uni hibsga olişiga tösqinlik qilişga uringanlikda ayblamoqda. Şuningdek, sobiq prezident harbiy holat rejasi böyiça yiğilişga çaqirilmagan vazirlar mahkamasi 9 nafar a’zosining huquqlarini buzganlikda ayblanmoqda.
Bu Yolning 2024 yil dekabr oyida harbiy holat joriy etilişi bilan boğliq törtta jinoiy işidan birinçisidir.
Axloq tuzatiş muassasasida saqlanayotgan Yun Sok Yol barça ayblovlarni rad etmoqda. Hukm 16 yanvarga yaqin e’lon qilinişi kutilmoqda.
2024 yil dekabr oyi boşida Yun Sok Yol Janubiy Koreyada favqulodda holat joriy etib, buni «davlatga qarşi şimoliy koreyalik kuçlarni yöq qiliş» zarurati bilan izohladi va muxolifat partiyalarini «mamlakat işini töxtatib qöyadigan nomaqbul harakatlarni töxtatişga» çaqirdi. Parlament prezidentga impiçment e’lon qiliş uçun ovoz berdi va yanvar oyida u hibsga olindi.
Mart oyida Yun Sok Yol hibsdan ozod qilindi, ammo iyul oyida yana hibsga olindi - prokuratura u ozodlikda bölganida dalillarni yöq qilişi mumkinligidan xavotirda edi. 2025 yil noyabr oyida Janubiy Koreya maxsus prokurori jamoasi sobiq prezidentga 2024 yil oktyabr oyida Şimoliy Koreyaga dron yuboriş operatsiyasi tufayli hokimiyatni suiiste’mol qiliş va duşmanga yordam beriş böyiça qöşimça ayblovlar qöydi. Ayblov versiyasiga köra, Yun Sok Yol Şimoliy Koreya hududida drondan foydalangan holda maxfiy operatsiya ötkazişga buyruq bergan, bu bilan javob harakatlarini qözğatiş va ularni harbiy holat joriy etiş uçun bahona sifatida işlatmoqçi bölgan.


















