Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Jamoatchilik bong ursa, har qanday merosni saqlab qololamiz” – Prezident administratsiyasi vakili
Shaharsozlik renovatsiyasi bo‘yicha qonun parlament tasdig‘idan o‘tdi, qabul qilinish arafasida turibdi. Hujjat asosan uy-joylar renovatsiyasini ko‘zda tutadi. Biroq madaniyat meros obektlariga ham kun kelib, renovatsiya xavf solmasligi uchun hozirdan qanday kafolatlar bor? Prezident administratsiyasi vakiliga ko‘ra, bu borada jazo va qonunchilik takomillashtirib borilmoqda.
Madaniy meros agentligining ochiq muloqotida ko‘p savollar qatori Kun.uz yaqinda Senat tasdig‘idan o‘tgan shaharsozlik renovatsiyasi bo‘yicha qonun va bu hujjatning kun kelib madaniy meros obektlariga daxl qilish-qilmasligi xususida so‘radi. To‘g‘ri, hozirgi hujjat uy-joylar va eskirgan turar joylarni buzib, yangisini qurishni nazarda tutadi. Biroq kelgusida shu tizim madaniy meros obektlariga nisbatan ham qo‘llanmasligi uchun hozirdanoq qonuniy kafolatlar kerak.
Prezident administratsiyasining Kreativ iqtisodiyot va turizm bo‘yicha departamenti vakili G‘iyosiddin Rajabovga ko‘ra, bu bo‘yicha jazolar kuchaytirilib borilmoqda.
“Bu qonun loyihasi Senatda ham, boshqa bosqichlarda ham muhokamasi qay darajada jiddiy bo‘lganini ko‘rdingiz. Alohida rahmat, tashakkur aytishimiz kerak, shu masalani kun tartibiga olib chiqayotgan jurnalistlarga. To‘g‘ri aytishimiz kerak, tan olib aytishimiz kerak, haqiqatni yuziga tik qarashimiz kerak. Agar jamoatchilik yordam bersa, biz har qanday merosni siz bilan birgalikda saqlab qola olamiz. Merosni saqlash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirib borishga, jazolarni og‘irlashtirib borishga davlat hamisha tayyor. Oxirgi besh yilda ehtiyotsizlik oqibatidagi madaniy meros obektiga taalluqli harakatlar Jinoyat kodeksining 132-moddasi yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish darajasida og‘ir jinoyatlar tarkibiga o‘tkazildi”, deydi administratsiya vakili.
Mavzuga oid
19:31 / 23.02.2026
Behzod Normatov Prezident administratsiyasiga ishga o‘tdi
17:11 / 27.12.2025
“Tizimimiz ancha eskirib qoldi” - Prezident korrupsiyaga qarshi yangi tizim haqida e’lon qildi
19:45 / 24.11.2025
Komil Allamjonov prezident administratsiyasining AQShdagi vakili lavozimiga tayinlandi
11:36 / 30.10.2025