Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda FVBning yana bir xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi
FVB inspektori Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati yuzasidan ijobiy xulosa olib berishni va’da qilib, MChJ rahbaridan 6,5 mln so‘m olgan. U ushbu pullarni qaytargan vaqtda tezkor tadbirda ushlangan.
Foto: DXX
Toshkent shahrida FVB inspektorining noqonuniy harakati fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Yunusobod tuman FVB inspektori Olmazor tumanida joylashgan xususiy klinikaning yong‘inga qarshi holati yuzasidan vakolatli hamkasblari orqali ijobiy xulosa olib berishni va’da qilgan. U bu “xizmati” uchun fevral oyida MChJ rahbaridan 6,5 mln so‘m olgan.
Biroq, FVB inspektori turli bahonalar bilan va’dasini bajarmasdan kelgan. Shu sababli, fuqaro undan pullarini qaytarishni talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor olgan pullarini qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Yangihayot tumani FVB kichik inspektori mahalliy MChJ rahbaridan 1,5 ming dollar olganda ushlangandi.
Mavzuga oid
08:20 / 27.01.2026
Andijonda FVB inspektori 1800 dollar bilan ushlandi
12:30 / 29.12.2025
Bo‘stonliqda tog‘da qolib ketgan 3 nafar fuqaroga yordam ko‘rsatildi
08:52 / 12.11.2025
Jizzaxda tuman FVB boshlig‘i pora olgan paytda ushlandi
23:03 / 28.09.2025