DXX xabarida qaysi tuman haqida gap ketayotgani ochiqlanmagan.
Tergovgacha bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxs 2025 yil sentabr oyida tadbirkor qurishni rejalashtirgan ko‘p qavatli uyning loyiha hujjatlarini tasdiqlab berish uchun 200 dollar olgan. Keyinchalik, shu hududda xususiy maktab qurish loyihasini tasdiqlash uchun tadbirkordan 6 mln so‘m talab qilgan.
Tezkor tadbir davomida u pulni turmush o‘rtog‘i orqali qabul qilayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Hozirda jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qonunga muvofiq, JK 210-modda 2-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan pora olish jinoyati uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.















