Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda FVB inspektori 1800 dollar bilan ushlandi
Andijon viloyati Baliqchi tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori qarindoshni ishga kiritib qo‘yish va’dasi evaziga 1800 AQSh dollari talab qilgani aytilmoqda. U pulni olgan vaqtda tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Andijon viloyati Baliqchi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi inspektori xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaroning ishonchiga kirgan holda, mansabdor tanishlari orqali uning qarindoshini mazkur sohaga ishga kiritib qo‘yish evaziga 1800 AQSh dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda inspektor so‘ralgan pul mablag‘ini tumandagi umumiy ovqatlanish shoxobchalaridan birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:12 / 06.06.2026
Andijonda voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qamoqqa olindi
12:31 / 02.06.2026
Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi
18:35 / 30.05.2026
Andijonda tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan mahsulotlar savdosiga chek qo‘yildi
17:11 / 19.05.2026