O‘zbekiston aholisining o‘rtacha ish haqi ma'lum qilindi
2019 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 049,7 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 32,2%ga o‘sishni ta'minladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.
2019 yil yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi tahlili quyidagilarni ko‘rsatmoqda: ta'lim sohasida 22 947 ta muassasada 1 024,8 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,1%) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 5 207,6 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 31,5%) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 693,9 ming so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 37,3%ga o‘sdi.
Ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2 133,3 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 125,9%), Jizzax viloyatida 1 737,7 ming so‘mni (102,6%) va Toshkent viloyatida 1 712,4 ming so‘mni (101,1%) tashkil etgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyatida 1 531,9 ming so‘mni (90,4%) va Farg‘ona viloyatida 1 555,4 ming so‘mni (91,8%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 575 ta korxonada 475,1 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 17,7%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4 043,7 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 24,5%ni) tashkil etgan. Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 836,9 ming so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 22,6%ga o‘sdi.
Ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Navoiy viloyatida 3 446,1 ming so‘mni (121,5%), Qoraqalpog‘iston Respublikada 3 418,8 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 120,5%), Toshkent viloyatida 3 141,4 ming so‘mni (110,7%) va Toshkent shahrida 2 924,5 ming so‘mni (103,1%) tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1 781,7 ming so‘mni (62,8%), Jizzax viloyatida 1 827,5 ming so‘mni (64,4%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida 1 407 ta muassasada 444,6 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 16,5%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 1 871,1 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 11,3%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1402,7 ming so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 36,1%ga o‘sdi.
Ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Navoiy viloyatida 1 841,1 ming so‘m (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 131,3%), Toshkent shahrida 1 654,1 ming so‘mni (117,9%), Buxoro viloyatida 1 531,7 ming so‘mni (109,2%), Qoraqalpog‘iston Respublikada 1 517,3 ming so‘mni (108,2%) va Sirdaryo viloyatida 1 507,9 ming so‘mni (107,5%) tashkil etgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyatida 1 128,8 ming so‘mni (80,5%), Farg‘ona viloyatida 1 291,9 ming so‘mni (92,1%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida 205 ta korxonada 120,3 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 4,5%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 972,7 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 5,9%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 696,1 ming so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 27,8%ga o‘sdi.
Ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 3 281,2 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 121,7%), Buxoro viloyatida 2 834,8 ming so‘mni (105,1%) tashkil etgan bo‘lsa, Andijon viloyatida 1 091,1 ming so‘mni (40,5%), Samarqand viloyatida 1 227,8 ming so‘mni (45,5%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasi bo‘yicha 941 ta muassasada 67,9 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 2,5%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 764,4 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 4,6%ni) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3 752,3 ming so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 35,1%ga o‘sdi.
Bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati sohasidagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 4 817,0 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 128,4%), Samarqand viloyatida 3 845,3 ming so‘mni (102,5%) tashkil etgan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatida 2 787,7 ming so‘mni (74,3%), Toshkent viloyatida 2 843,1 ming so‘mni (75,8%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Respublika bo‘yicha 2019 yil yanvar-mart oylarida 2018 yilning mos davriga nisbatan iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqining yuqori o‘sish sur'ati ta'lim sohasida 37,3%, sog‘liqni saqlashda 36,1%, bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyatida 35,1% va qurilishda 28,2% kuzatildi.
O‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘radigan bo‘lsak, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Navoiy viloyatida 2 806,3 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 136,9%), Toshkent shahrida 2 799,5 ming so‘mni (136,6%) va Toshkent viloyatida 2 221,1 ming so‘mni (108,4%) tashkil etgan bo‘lsa, Farg‘ona viloyatida 1 665,2 ming so‘mni (81,2%), Surxondaryo viloyatida 1 684,1 ming so‘mni (82,2%), Namangan viloyatida 1 692,2 ming so‘mni (82,6%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
08:10 / 10.12.2024
O‘zbekistonda doimiy aholi soni 37,5 mlndan oshdi
16:51 / 09.12.2024