Jamiyat | 14:02 / 14.01.2019
11660
3 daqiqa o‘qiladi

Namangan viloyati bo‘ylab 78 km.lik masofada “Vatanparvarlik avtoyurishi” 62000 dan ziyod fuqarolar kuzatuvida... 

Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 27 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlangan “Vatanparvarlik avtoyurishi” tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti viloyati kengashi tomonidan har yili an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan mazkur ko‘rgazmali avtoyurish aholi, xususan, yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik g‘oyalarini targ‘ib qilishning o‘ziga xos ommaviy vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.  

Shahar va tumanlar markaziy ko‘chalari bo‘ylab, davlatimiz bayrog‘i, chuqur mazmun va ma'no mujassam shiorlar bilan bezatilgan avtokarvonning o‘tishini minglab yurtdoshlarimiz havas bilan kuzatib qoldilar.  

Namangan viloyati hokimi tomonidan tasdiqlangan “Avtokarvonning harakatlanish yo‘nalishi xaritasi” ga ko‘ra navbatdagi vatanparvarlik avtoyurishi ishtirokchilari karvoni Namangan avtomobil maktabining saf maydonidan chiqib, viloyat markazidagi Xotira xiyoboniga keldi va Motamsaro ona yodgorligi poyiga gullar qo‘yildi. So‘ngra avtokarvon Namangan, Mingbuloq, To‘raqo‘rg‘on tumanlari tomon yo‘l oldi. Mazkur tumanlardagi Bolalar musiqa va san'at maktablari, mahalliy hokimliklar majlislar zalida vatanparvarlik ruhidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazildi.

 Tadbirlarda tuman hokimlari va o‘rinbosarlari, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi, yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo‘limi rahbariyati, tarixchi olimlar, Mudofaa vazirligi faxriylar kengashi a'zolari, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, Qurolli Kuchlar va “Vatanparvar” tashkiloti Namangan avtomobil maktabida tayyorgarlikdan o‘tayotgan chaqiriluvchilar ishtirok etdi.  

“Vatanparvarlik avtoyurishi” ma'naviy-ma'rifiy tadbirida umumiy bosib o‘tilgan masofa 78 km.ni tashkil qilib, shu masofa orasida shahar va tumanlardan 62 ming nafardan ziyod fuqarolar ko‘zlarida zavq, yuraklarida hayajon bilan bayroqlari hilpirab borayotgan avtoulovlarni kuzatishdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid