Ma’lum bölişiça, 1984 yilda tuğilgan şaxs Çust tumanida yaşovçi 4 nafar fuqaroni muqaddas Haj amalini ado etiş uçun Saudiya Arabistoniga yuborişni va’da qilgan. U mazkur xizmat evaziga 26 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati hamda boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda gumonlanuvçi söralgan pul mablağining 6 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mutaxassislar fuqarolarni “Haj” ziyoratini faqat rasmiy taşkilotlar orqali amalga oşirişga, şubhali takliflarga işonmaslikka çaqiradi.

















