Jahon | 23:33 / 05.01.2023
21689
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada 212 kg tuna balig‘i 271 ming dollarga sotildi

Uni ulgurji savdo kompaniyasi qo‘lga kiritdi.  

Foto: Kyodo

Tokioda 2023 yildagi birinchi baliq auksioni o‘tkazildi, unda og‘irligi 212 kg bo‘lgan ko‘k tuna 36 million iyenaga (taxminan 273 ming dollarga) sotildi. 

Yilning birinchi auksionida ishtirok etish restoran biznesi uchun nufuzli hisoblanadi.  

Tuna shimoliy Aomori prefekturasidagi Oma portidan keltirildi. Uni ulgurji savdo bilan shug‘ullanuvchi Yamayuki kompaniyasi sotib oldi. 

O‘tgan yili ilk kimoshdi savdosida 211 kilogramm tuna qariyb 145 ming dollarga, 2021 yilda esa 208 kilogramm tuna 202 ming dollarga sotilgan edi. 

Mavzuga oid