O‘zbekiston | 18:20 / 30.04.2021
4011
2 daqiqa o‘qiladi

Respublikadagi barcha maktab kutubxonalari zamonaviy kompyuter va skaner apparati bilan ta'minlanadi

Kecha, 29 aprel kuni AOKAda umumta'lim maktablarining AKT bilan ta'minlanganlik holati yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Tadbirda Xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Rustam Karimjonov «Raqamli kutubxona» loyihasi doirasida respublikadagi barcha maktab kutubxonalari zamonaviy va kompyuter va skaner apparati bilan ta'minlanishi haqida ma'lumot berdi.

«Maktab kutubxonalarining AKT bilan jihozlanmagani bizning eng katta va og‘riqli muammolarimizdan biri. Shu muammoni hal qilish uchun biz «Raqamli kutubxona» loyihasini boshladik. Bu degani 1008ta maktabning har biriga kompyuter va QR kodini o‘rnatish uchun skaner apparati berishimiz kerak.

Shu orqali har bir o‘quvchining qachon kitob olib ketgani, qaysi kitobni olib ketgani va qachon olib kelgani nazorat qilinadi. Bu kutubxonachilarimizning ishini ancha osonlashtiradi. Biz bu loyihani boshlaganmiz.

Ko‘pchilik aytishi mumkin, bitta kompyuter olib kelib qo‘yish oson-ku, deb. Yo‘q, oson emas. Masalan, bu yilgi 43 foiz talabimizni yopish uchun bizga 75 mln. dollar mablag‘ kerak. Bu juda katta summa. So‘mga hisoblaganda ham 750-800 mlrd. so‘m bo‘ladi. Lekin buning ham yo‘llari qidirilyapti va bu ham amalga oshiriladi», – deya vazir o‘rinbosarining so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Mavzuga oid