O‘zbekiston | 11:47 / 03.01.2026
8929
2 daqiqa o‘qiladi

“Prezidentga haqiqatni yetkazadigan ko‘z va qo‘llar kerak” – Saida Mirziyoyeva Administratsiyadagi vazifalari haqida

Saida Mirziyoyeva o‘zi rahbarlik qilayotgan tuzilmaning vazifalari va Prezident bilan munosabatlari haqida ham so‘z yuritdi. “Meni tayinlashdan maqsad islohotlarni tezlashtirish, men orqali u kishi (prezident)da haqiqiy manzarani ko‘rish imkoniyati bo‘lishi edi. Hozir islohotlar davri, biz 24/7 rejimda ishlashimiz, xabardor bo‘lishimiz va barcha masala va muammolarni hal qilishimiz kerak. 

Administratsiya rahbari davlat rahbarining shaxsiy sifatlari haqida so‘zlarkan “doim birinchi xatoga yo‘l qo‘yish huquqini beradilar, donolik va sabr bilan siyosat yuritadilar" deya ta’rifladi.

Saida Mirziyoyeva davlat boshqaruvida “haqiqiy kartina”ni bilish uchun ikki tomonlama axborot manbasi muhimligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, agar bir manba ma’lumot bersa, ikkinchi tomon ham tinglanadi va shu orqali muammoga aniq tashxis qo‘yiladi. “Aldashning ma’nosi yo‘q — baribir haqiqatga yetib boraman”, — dedi u.

Intervyuda u islohotlar jarayonida har bir murojaat yoki “keys”ni tizimni yaxshilash imkoniyati, deb baholashini bildirdi. Aytilishicha, ba’zi holatlar sud tizimi, ba’zilari biznes, ta’lim yoki gender masalalari bilan bog‘liq bo‘ladi va har bir yo‘nalish uchun alohida jamoa ishlaydi. “Har bir keys — to‘siqlarni kamaytirish, xatolarni qisqartirish uchun saboq”, — degan fikr bildirildi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva o‘zini ko‘proq “strategiya tayyorlaydigan” tizimda ishlayotganini, administratsiya yo‘nalish belgilashini, ijro apparati esa kundalik operatsion ishlarni bajarishini ta’kidladi. U “jamiyat ko‘radigan narsa — faqat chiroyli suratlar, uchrashuvlar va farmonlar”, ammo ular ortida “katta aql, katta mehnat va ko‘p odamlar ishtirokidagi ulkan jarayon” borligini aytdi.

Administratsiya rahbari davlat rahbarining shaxsiy sifatlari haqida so‘zlarkan “doim birinchi xatoga yo‘l qo‘yish huquqini beradilar, donolik va sabr bilan siyosat yuritadilar" deya ta’rifladi.

To‘liq videoni bu yerda ko‘rish mumkin: https://www.youtube.com/watch?v=ASlXtubDKOU

Дилшод Абдуқодиров
Tayyorlagan Дилшод Абдуқодиров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid