Jamiyat | 15:21 / 02.02.2017
13200
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisining real daromadlari 11 foizga oshdi

Foto: O‘zA

Ishlab chiqarish va ijtimoiy soha infratuzilmasiga yo‘naltirilgan investitsiyalar, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiyalash va tarkibiy o‘zgarishlarni olib borish natijasida oxirgi yillardagi yuqori iqtisodiy o‘sish sur'atlariga erishildi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi. 

Bu aholi turmush darajasi va sifatini yanada oshirishga xizmat qilib, jamiyatdagi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashni ta'minladi. Ijobiy tarkibiy o‘zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur'atlari tufayli aholining real daromadlari 11 foizga oshdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming kollej bitiruvchisining bandligi ta'minlandi. 

2016-yilda 2016-2020-yillarda xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dasturi doirasida qariyb 14,6 ming yangi servis obekti va 194 ta yangi turdagi maishiy xizmat ko‘rsatish kompleksi foydalanishga topshirildi. Mobil aloqaning 1632 ta yangi baza stansiyasi, hududlarda 63 ta yangi yo‘lovchi transport yo‘nalishlari va 54 yangi mexmonxonalar foydalanishga topshirildi. 

2013-2020-yillarda telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturining amalga oshirilishi doirasida 2016-yilda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkonini beruvchi 2300 kilometrdan ziyod keng polosali optik-tolali tarmoqlar barpo etildi va zaxiraga olindi. 

Yagona portal orqali 929 mingdan ziyod xizmatlar ko‘rsatildi va o‘sish oldingi yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarni tashkil qildi. “Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida ona va bolaning salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish, sog‘lom va har tomonlama rivojlangan avlodni shakllantirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilib, ularni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 8 trillion so‘m va 212 million dollar mablag‘ yo‘naltirildi.

 

Mavzuga oid