Yil davomida “Mahsulot xavfsizligi töğrisida” hamda “Bozor nazorati töğrisida”gi qonunlar, şuningdek, 20 dan ortiq Hukumat qarorlari loyihalari işlab çiqildi. Uşbu hujjatlar mahsulot sifati va xavfsizligini ta’minlaş, bozorda nazoratni kuçaytirişga qaratilgan.

Xalqaro reytinglar böyiça ham ijobiy natijalar qayd etildi. Jahon sifat infratuzilmasi indeksi (GQII)da Özbekiston 185 ta davlat orasida 52-örinni egalladi va ötgan yilga nisbatan 15 poğona yuqoriladi. Şu jumladan, standartlaştiriş sohasida 57-örin, akkreditatsiya sohasida 29-örin, metrologiya sohasida esa 72-örin qayd etildi.

Şuningdek, 3 094 ta xalqaro standartning Jahon savdo taşkiloti talablariga muvofiqligi körib çiqildi. Dolzarbligini yöqotgan 4 000 ta standart bekor qilinib, me’yoriy baza qisqartirildi.

Amalga oşirilgan işlar texnik jihatdan tartibga soliş tizimini xalqaro amaliyotga yaqinlaştiriş hamda tadbirkorlik sub’yektlari uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunga qadar 13,2 mingta xalqaro standart milliy standartlar tizimiga uyğunlaştirildi. Natijada uyğunlaşiş darajasi 2024 yildagi 24,5 foizdan 43,9 foizga yetkazildi. Uşbu jarayonni yanada jadallaştiriş maqsadida vazirlik va idoralar qoşida faoliyat yurituvçi texnik qömitalar soni 5 taga oşirilib, ularning umumiy soni 36 taga yetkazildi.

Şuningdek, Özbekistonning xalqaro standartlaştiriş jarayonlaridagi iştiroki sezilarli darajada kengaytirildi. Xalqaro standartlaştiriş taşkiloti (ISO) texnik qömitalarida Özbekiston nomidan 44 nafar tölaqonli a’zo hamda 263 nafar kuzatuvçi iştirok etmoqda. Xalqaro elektrotexnika qömitasi (IEC) texnik qömitalarida esa 4 nafar tölaqonli a’zo faoliyat yuritmoqda.

Bundan taşqari, Standartlaştiriş böyiça davlatlararo Kengaş (MGS) texnik qömitalarida iştirok etuvçilar soni 172 taga yetkazildi. Ayni paytda 103 ta texnik qömita böyiça Özbekistonning a’zoligi ta’minlangan.

Mazkur körsatkiçlar Özbekistonning texnik jihatdan tartibga soliş sohasida xalqaro hamkorligini kengaytiriş, şuningdek, mamlakatning xalqaro maydondagi örni va nufuzini mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.