Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Qatnovlar haftada ikki marotaba, dushanba va juma kunlari bajariladi.
Foto: Transport vazirligi
2026 yil 23 fevraldan «Uzautotrans service» korxonasi Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishida avtobus qatnovini boshlaydi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Qatnovlar haftada ikki marotaba, dushanba va juma kunlari bajariladi.
Toshkent – Sankt-Peterburg yo‘nalishi bo‘yicha birinchi reys 23 fevral kuni soat 17:00 da «Toshkent» avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi 1 mln 200 ming so‘m.
Sankt-Peterburg avtovokzaligacha bo‘lgan yo‘lda oraliq to‘xtash Moskva shahri «Novoyasenevskaya» avtovokzalida amalga oshiriladi.
Toshkentga qaytish reyslari ham haftaning dushanba va juma kunlari bajariladi. Avtobuslar Sankt-Peterburg avtovokzalidan mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da jo‘naydi.