Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori ma'lum qilindi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi 2017 yilgi zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori bo‘yicha Qaror qabul qildi.
1.O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'atining milodiy 2017 yil (hijriy 1438 yil) uchun Zakot nisobi 1 gr. tilloning bugungi kundagi bozordagi o‘rtacha narxi 185 000 (bir yuz sakson besh ming) so‘m ekanligini e'tiborga olib, 85 gr. tillo hisobidan zakot nisobi 15 725 000 (o‘n besh million yetti yuz yigirma besh ming) so‘m ekanligi va mazkur summaning qirqdan bir hissasi, ya'ni 393 125 (uch yuz to‘qson uch ming bir yuz yigirma besh) so‘m zakot chiqarish to‘g‘risidagi miqdor ma'qullansin!
2. Bu yilgi Fitr sadaqasi miqdori viloyat, shahar va tuman bozorlaridagi 2 kg. bug‘doy narxidan kelib chiqqan holda belgilansin! (Masalan 2017 yilda Toshkent shahar bozorida 1 kg. bug‘doyning narxi o‘rtacha 3.000 so‘m bo‘lsa, demak 2 kg. bug‘doy narxi 6.000 so‘m bo‘ladi).
3. Bu yilgi Fidya miqdori doimiy uzr bilan ro‘za tutolmaydigan kishilar uchun bir och odamning bir kunlik oziq-ovqati barobarida bo‘lib, o‘rtacha 12.000 (o‘n ikki ming) so‘m deb belgilansin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
ulamolar kengashi raisi, muftiy
Usmonxon Alimov
Tavsiya etamiz
Boku – Moskva nizosi til masalasiga yetib keldi
Jahon | 09:05 / 04.09.2025
Xitoyning yadro triadasi, G‘arb uchun signal hamda Putin va Kimning qo‘llovi – Pekindagi parad qanday o‘tdi?
Jahon | 19:40 / 03.09.2025
Internetda Trampning o‘limi haqida feyk xabarlar tarqaldi
Jahon | 17:41 / 30.08.2025
Odilbek Isoqov – banklarni xususiylashtirish kechikayotgani haqida
Iqtisodiyot | 14:10 / 30.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uy olish uchun qaysi viloyatda necha yil ishlash kerak?
Ko‘chmas mulk | 10:34
-
Akademik Tohir Aripov faxriy unvon bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 10:29
-
Samarqandda o‘quvchilar avtobusga chiqarilmadi: hokimlik bepul qatnov joriy qildi
Jamiyat | 10:23
-
«Yoshimni hisobga olsak – o‘ynamasam kerak». Messi JChga borishga ikkilanmoqda
Sport | 10:03
Mavzuga oid

19:23 / 14.06.2025
«ChatGPTʼdan diniy savollarga javob olish joiz emas» – O‘zbekiston musulmonlari idorasi

16:09 / 03.05.2025
2025 yilgi Haj mavsumi qachondan boshlanishi ma’lum qilindi

14:40 / 01.03.2025
Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi

16:59 / 28.02.2025