Özbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uçun zakot nisobini ≈85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib çiqib 61 million 200 ming söm, deb belgiladi.
“Şunga köra, kimda zaruriy ehtiyojidan taşqari kamida 61 million 200 ming söm qiymatidagi pul mablaği yoki uşbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bölsa, jami mablağining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi”, deyiladi diniy idora xabarida.
Şuningdek, Fitr sadaqasining miqdori quyidagiça belgilandi:
- ≈2 kg buğdoy unidan – 10 000 (ön ming) söm;
- ≈4 kg arpadan – 16 000 (ön olti ming) söm;
- ≈2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz ön ming) söm;
- ≈4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) söm deb belgilandi.
Har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu tört mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.
Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil böladi.
Şunday ekan, har kim öz imkoniyatiga qarab uşbu tört mahsulotdan xohlagan biri yoki uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi, deya qayd etgan Fatvo markazi.


















