Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kambojada Osiyodagi eng uzun gidroelektr stansiya ishga tushirildi
Foto: trend.az
17 dekabrda Kambojaning Stingtrayeng viloyatidagi San daryosida qurilgan Gidroelektr stansiya-2 foydalanishga topshirildi. Ushbu GES Kamboja va Xitoyning qo‘shma loyihasi hisoblanadi. 6,5 km uzunlikka ega GES “Uch dara” deb ataladi va Osiyodagi eng uzuni hisoblanadi.
GES ochilishida Kamboja bosh vaziri Xun Sen, Xitoyning Kambojadagi elchisi Van Veytyan, Xitoyning China Huaneng Group elektr energetika korporatsiyasi bosh direktori o‘rinbosari va yana 4,5 ming kishi ishtirok etgan.
Kamboja bosh vaziri Xitoy hukumatining Kamboja elektr energetikasi va iqtisodiyotini rivojlantirishdagi hissasini yuqori baholagan. Uning ta'kidlashicha, yangi GES mamlakatdagi eng yirik GES bo‘lib, xavfsiz, barqaror va sof elektr energiyani ishlab chiqaradi.
Ta'kidlanishicha, bu loyiha mahalliy aholiga ish o‘rinlari beradi, Kambojaning elektr energiya olishdagi mustaqilligi va xavfsizligini ta'minlaydi, xalq turmush tarzini yaxshilashda va iqtisodiyotni jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma'lum qilinishicha, GESda 50 ming kVt quvvatga ega 8 ta kapsulali gidroagregat o‘rnatilgan. GESning to‘liq quvvati 400 ming kVt-soatga yetadi va Kambojadagi GESlarning umumiy quvvatining 20 foizini tashkil qiladi. GESda bir yilda ishlab chiqariladigan elektr energiya miqdori 1,97 mlrd kVt-soatga yetadi.
Xitoy Kambojada GES to‘g‘onlari va boshqa infratuzilmalar qurilishining bosh sarmoyachisi hisoblanadi. Yangi GES Xitoy va Kamboja tomonidan “Bir kamar, bir yo‘l” tashabbusining birgalikda amalga oshirilishiga yorqin misol bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:43 / 28.12.2025
Suv tanqisligi tufayli O‘zbekiston GESlarida elektr energiyasi ishlab chiqarish kamaydi
09:58 / 03.11.2025
RF Vuoksadagi GES bo‘yicha 1972 yilgi Finlandiya bilan tuzilgan shartnomani to‘xtatdi
20:24 / 16.09.2025
Norin daryosida birinchi «milliy» GES ishga tushirildi
12:18 / 13.09.2025