Toshkent viloyatining Zangiota tumanidagi Damariq kanali hududida tadbirkor tomonidan quvvati 640 kVt bo‘lgan kichik gidroelektr stansiyasi qurib foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, uning birinchi bosqichi — 320 kVt quvvati ishga tushirildi.

Kichik GES to‘liq quvvatda ishga tushgandan so‘ng yiliga o‘rtacha 3 mln 200 ming kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Bu 1300 ta xonadonni elektr energiyasi bilan ta’minlash imkonini beradi.

Ushbu elektr stansiya ochilish marosimi doirasida kichik GES qurishga qiziqish bildirgan tadbirkorlar uchun maxsus seminar-trening ham tashkil etildi.