Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya mustaqil Falastin davlatini rasman tan oldi
Tegishli bayonotlarda bu tinch-totuv yashashni va HAMAS harakatining tugashini istaganlarga ko‘proq vosita berishi, HAMAS Falastinni nazorat qilmasligi, shuningdek, garovga olingan barcha isroilliklarni ozod etishi kerakligi ta’kidlandi.
Foto: Reuters
Kanada Falastin davlatchiligini tan oladi, deb e’lon qildi bosh vazir Mark Karni. U o‘z bayonotida Falastinning HAMAS guruhi Isroilga tahdid solayotgani, shuningdek, Isroil tomonidan G‘azo sektori va O‘rdun daryosining G‘arbiy qirg‘og‘ida Falastin davlatining tashkil etilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘rilayotgan choralarni qayd etdi.
«Kanada Falastin davlatini tan oladi va Falastin davlati bilan Isroil davlati uchun tinch kelajak va’dasini bajarish maqsadida hamkorlikda ishlashni taklif qiladi. <...> Kanada xomxayollarga berilmaydi: bu e’tirof najot emasligini bilamiz. <...> Falastin muxtoriyati boshchiligidagi Falastin davlatining tan olinishi tinch-totuv yashashni va HAMAS harakatining tugashini istaganlarga ko‘proq vosita beradi. U terrorizmni qonuniylashtirmaydi va bunga yo‘l qo‘ymaydi. Bu hech qanday tarzda Kanadaning Isroil davlati, uning xalqi va xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashini tahdid ostiga qo‘ymaydi», deyiladi Karni bayonotida.
Shuningdek, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer murojaat bilan chiqib, Falastin davlatini tan olganini va «falastinliklar va isroilliklar uchun tinchlik, shuningdek, ikki davlat masalasini hal qilish umidlari» qayta tiklanganini e’lon qildi.
Shu bilan birga, Starmerning ta’kidlashicha, HAMAS - «kelajagi yo‘q va Falastin hukumatida hech qanday roli yo‘q terrorchi tashkilot». U London yaqin haftalarda HAMAS yetakchilariga qarshi yangi sanksiyalar joriy etishiga va’da berdi.
Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze ham Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. HAMAS Falastinning kelajagida rol o‘ynamasligi kerak, Falastin ma’muriyati esa islohotlar va demokratik saylovlar o‘tkazish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi, deb qo‘shimcha qildi u.
Barcha bayonotlarda ta’kidlanishicha, HAMAS Falastinni nazorat qilmasligi, shuningdek, garovga olingan barcha isroilliklarni ozod etishi kerak.
Ta’kidlanishicha, Falastin muxtoriyati hukumati keng qamrovli saylovlar o‘tkazish majburiyatini oldi. Karni so‘zlariga ko‘ra, Falastin muxtoriyati Kanada va xalqaro hamjamiyat bilan kelasi yili saylovlar o‘tkazish, Falastin davlatini demilitarizatsiya qilish va boshqa islohotlar uchun hamkorlik qilmoqda.
Mavzuga oid
10:53 / 24.12.2025
Greta Tunberg Londonda Falastinga bag‘ishlangan aksiyada qo‘lga olindi
17:58 / 23.12.2025
O‘zbekiston milliy jamoasi Kanadaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
18:13 / 19.12.2025
Britaniya «Rossiya bilan aloqalari tufayli» O‘zbekistonning 4 ta kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi
22:28 / 17.12.2025