Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dubay dengiz sohili dunyodagi eng yaxshi deb e'tirof etildi
Foto: russianemirates.com
Yangi matematik tenglama Dubay qirg‘oq bo‘yini dunyodagi eng yaxshi sohil deb topildi.
Dubay sohili Britaniyadagi Blekpul qirg‘oq bo‘yidan faxrli o‘rinni tortib oldi. Yetakchilikni qo‘lga kiritishda Dubayga hudud tozaligi, dengiz rangi, qum sifati, qadamjo ozodaligi, shuningdek, havo sifati va mavjud iqlim sharoitini hisobga oladigan matematik formula yordam berdi.
Tenglamani psixolog Devid Xolms Royal Caribbean kemada yuk tashish kompaniyasi uchun o‘tkazilgan tadqiqot doirasida ko‘rib chiqdi. Dubay Blekpuldan aynan «ob-havo sharoiti» tufayli maksimal ball to‘plagan holda o‘zib ketdi.
Shifokor Xolmsning qayd etishicha: «Har bir mamlakatda yaxshi va yomon qirg‘oq bo‘yi mavjud, biroq tabiat chiroyi kamdan-kam hollarda taniqli dam olish hududlari bilan hamohang tarzda birlashib ketadi. Dubay bu holatda barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha g‘olib bo‘la oladi».
Mavzuga oid
07:34
Zamonaviy dunyo zaif nuqtalari: 6 yillik global risklar reytingi
15:41 / 02.01.2026
20 ta turizm klasteri tashkil etilib, 4 mingta yangi mehmonxona va xostel ochiladi
08:02 / 31.12.2025
Reyting: so‘nggi besh yilda eng ko‘p sotilgan videoo‘yinlar
13:59 / 30.12.2025