Reytingni Parijda joylaşgan xalqaro suğurta va investitsiya guruhi AXA tayyorlagan. Kompaniya 57 mamlakatdan 3 595 nafar risk-menejment mutaxassisini sörovdan ötkazgan.

Ekspertlar fikriça, global iqlim özgarişi — sayyora oldida turgan eng katta çaqiriq. Aynan iqlim bilan boğliq xavflar reytingda olti yil davomida ustunlik qilgan, faqat 2020 yilda pandemiya va yuqumli kasalliklar birinçi öringa çiqqan.

2025 yilda pandemiya global xavf-xatarlar top-10 röyxatidan çiqib ketgan. Biroq reytingda yangi iştirokçi paydo bölgan — demografiya, u hozirça öninçi örinni egallagan.

Olti yil davomida asosiy xavflar orasida kiberxavfsizlik va geosiyosiy beqarorlik doimiy ravişda yuqori örinlarda turadi. Energetik xavflar ham reytingda saqlanib qolgan bölsa-da, 2025 yilga kelib sakkizinçi öringa tuşgan.

Sun’iy intellekt top-10 röyxatiga 2021 yilda kirgan. 2023 yildan beri u barqaror ravişda törtinçi poğonada turibdi. Ekspertlarça, 2025 yilning asosiy xavflariga, şuningdek, ijtimoiy taranglik, tabiiy resurslar va biorang-baranglik, hamda makroiqtisod va moliyaviy barqarorlik ham kirgan.