O‘zbekiston | 12:24 / 28.08.2020
18990
4 daqiqa o‘qiladi

500 ming so‘m miqdoridagi yordam puli qay tarzda tarqatiladi? Moliya vaziri o‘rinbosarlari izoh berishdi

Moliya vaziri o‘rinbosarlari Jamshid Abruyev hamda Dilshod Sultonov Kun.uz muxbiriga 1 sentyabrdan «Temir daftar»dagi oilalarning 16 yoshga yetmagan bolalariga ajratilgan 500 ming so‘m miqdoridagi bir martalik moddiy yordam qay tarzda tarqatilishi, shuningdek, maktab, bog‘cha va shifoxonalarning xodimlari grippga qarshi emlash jarayoni qaysi manbalardan moliyalashtirilishi haqida gapirib berdi.

Jamshid Abruyev,

Moliya vaziri o‘rinbosari:

– «Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori bilan aholining ayrim qatlamlariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatilishi belgilandi. Jumladan:

– nogironligi bo‘lgan 16 yoshga to‘lmagan bolalarga.

– boquvchisini yo‘qotgan oilaning 16 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga;

– «Temir daftar»ga kiritilgan ehtiyojmand va ko‘makka muhtoj oilalarning 16 yoshga to‘lmagan bolalariga moddiy yordam ko‘rsatilishi ko‘zda tutilgan.

Bu jarayonda jami 810 mingdan ziyod bolaga davlat budjetidan 400 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflanadi.

Hozirgi kunda Pensiya jamg‘armasi orqali nafaqa yoki pensiya olib kelayotgan nogironlarning soni 110 mingga yaqin. Mana shu bolalarga har oyda berilayotgan nafaqa bilan birgalikda sentabr oyida 500 ming so‘m miqdoridagi bir martalik moddiy yordam qo‘shib beriladi.

Qarorda ko‘rsatib o‘tilgan boquvchisini yo‘qotgan oilalarning soni 177 mingga yaqin. Bu otasi yoki onasi erta vafot etgan oilalarning farzandlari. Ular ham ko‘makka muhtoj toifaga kiradi, ularga ham xuddi shunday bir martalik yordam beriladi.

Bu pul nima uchun ajratilyapti? Qarorda ko‘rsatilyaptiki, moddiy yordam ehtiyojmand oilalarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rishlariga ko‘maklashish maqsadida ajratilmoqda. Ushbu oilalarning farzandlari maktabga borishlari uchun zarur bo‘ladigan o‘quv qurollari, kiyim-kechaklar olinishini hisob-qilgan holda 500 ming so‘mdan moddiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Dilshod Sultonov,

Moliya vaziri o‘rinbosari:

– 26 avgustda imzolangan prezident qarorida O‘zbekistondagi barcha maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining xodimlari 1 oktyabrga qadar markazlashgan tartibda grippga qarshi emlanishi ko‘zda tutilgan.

Avvalgi yillarda ham grippga qarshi emlash uchun respublika budjetidan mablag‘ ajratilardi, lekin u ayrim toifalarga tatbiq etilardi. Asosan mehribonlik uyida ishlovchi xodimlar, ixtisoslashtirilgan maktab-internetlarda ishlovchilar har yili grippga qarshi emlab kelingan.

Prezidentimiz bu yil maktabgacha ta'lim, umumiy o‘rta ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalarida ishlaydigan barcha xodimlar vaksinatsiya olishi haqida topshiriq berdilar. Shundan kelib chiqqan holda sentyabrda maktab, bog‘cha va shifoxonalarning 1,5 mln xodimi emlanadi. Bu mutlaqo bepul, barcha xarajatlar respublika budjetidan moliyalashtiriladi.

Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimi bu narsaga tayyormi? Sog‘liqni saqlash tizimiga mas'ul xodimlar aytishyaptiki, bunga anchadan beri tayyorgarlik ko‘rib kelinmoqda. O‘ylashimcha, oktyabrgacha 1,5 mln kishi grippga qarshi to‘liq emlanib bo‘ladi.

Prezident qarori bilan ehtiyojmand oilalarning bolalariga to‘lanadigan moddiy yordam Pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq banki orqali ularning pensiyasiga qo‘shib to‘lab beriladi. Keyinchalik mazkur xarajatlar respublika budjetidan qoplab beriladi.

“Temir daftar” – qotib qolmagan ro‘yxat. U doimiy ravishda yangilanib boriladi. Bitta misol keltiraman. Keskin karantin choralari joriy etilgan davrda bozorlar yopilib, u yerda kunlik tirikchilik qiladiganlar ma'lum muddat daromadsiz qolgani uchun “temir daftar”ga kiritilgan deylik. Mana, karantin cheklovlari bekor qilinib, bozorlar yana faoliyat boshladi, bu yerda ishlovchilar yana tirikchiligini yo‘lga qo‘yib oldi va o‘z-o‘zidan ular “temir daftar”dan chiqishi, ularning o‘rniga ayni damda muhtojlikka tushib qolganlar kirishi kerak.

Mavzuga oid

E`lonlar

Golden House  biznes-klassdagi O‘z Makon II turar joy majmuasi taqdimotiga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Tenge Bank Visa bilan hamkorlikda bir qator innovatsion to‘lov xizmatlarini ishga tushirmoqda

O‘zbekiston Milliy banki dam olish kunlarida ham siz uchun xizmat ko‘rsatadi

Fermerlar va dehqonlar uchun qulay imkoniyat – “O‘zkimyosanoat” AJ mineral o‘g‘itlarga 10 foizgacha chegirma narxlarini taklif etmoqda 

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti va Pukyong milliy universiteti o‘rtasidagi ilmiy va madaniy hamkorlik rivojlanmoqda