“Iqtisodiy jihatdan olib qaraganda, tariflarni oşirişga zarurat bormi desak, bor, men bungaça budjet defitsiti haqida söz yuritgan edim. Narxlar oşadimi-yöqmi, buni hozir aniq ayta olmayman. Katta ehtimol bilan, oşmaydi. Eng kamida fuqarolar uçun aniq oşmaydi.

Lekin bu degani biz bu haqda öylamayapmiz, buni muhokama qilmayapmiz degani emas. Bir neçta variantlar körib çiqilyapti. Xususan, ijtimoiy norma belgilaş. Ya’ni juda köp gaz va elektr energiyasi işlatadigan, sovuq qişda uyida futbolkada yuradigan boy odamlar bozor narxida tölaşi kerak. Bu adolatdan böladi.

Lekin ijtimoiy reyestrga kiritilgan yoki qaysidir sabab bilan kam daromad topadigan, ikki xonali kvartirada turadigan, “svet” va gazni tejab işlatadiganlarni rağbatlantiriş kerak. Bunday tariflar aksariyat davlatlarda qöllanadi. Öylaymanki, biz ham bu masalaga yetib kelamiz”, – dedi Sultonov.

Eslatib ötamiz, gaz va elektr energiyasi tariflari oxirgi marta 2019 yil avgust oyida kötarilgan.

Ötgan yili 1 iyuldan aholi uçun bazaviy tariflarni 10 foizga oşirib, tabaqalaştirilgan tariflarga ötiş rejalaştirilgan, lekin bu boradagi qaror qabul qilinmay qolgandi.