Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda bir yilda 638ta ko‘p qavatli uy quriladi
Uzoq yillar davomida Toshkent shahrida ko‘p qavatli uylar qurilmagan. Oqibatda aholi orasida uy-joyga bo‘lgan ehtiyoj ortib ketgan.
Prezident tashabbusi bilan 2017 yildan boshlab mamlakatning barcha shaharlarida turar-joyga muhtoj oilalar uchun arzon va har tomonlama qulay uy-joylar qurish boshlandi. Jumladan, Toshkent shahrining Sergeli tumanida o‘tgan yili 102ta ko‘p qavatli arzon uylar qurilib, 4 ming 88ta oila o‘z uyiga ega bo‘ldi.

Joriy yilda Toshkent shahrida 28 ming xonadonli 638 ta ko‘p qavatli uylar qurilmoqda. Ularning 334tasi arzon uy-joylar bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 3 barobar ko‘pdir.
Jumladan, Sergeli tumani “Choshtepa” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida chet ellik investorlar ishtirokida 72ta 7 qavatli uy qurilishi boshlangan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev mazkur uylar loyihasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.
«Toshkentda hech qachon bir yilda 638ta ko‘p qavatli uy qurmaganmiz. Bitta mavzeda 72ta 7 qavatli uy rejalashtirmaganmiz. Bu poytaxtimizdagi bunyodkorlik, xalqimiz talabini qondirish yo‘lidagi ishlarimiz miqyosidan bir dalolat. Tasavvur qilinglar, bu uylar qancha odamlarga ishonch, qancha oilalarga fayz-baraka olib keladi» dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari uylar qurishning zamonaviy yutuqlarini o‘zlashtirish, bunday uylarni boshqa joylarda ham loyihalashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.




Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri yer usti metrosining birinchi bosqichi qachon ishga tushirilishi ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
12:48
“Yaxshi foyda bo‘lmasa, tashlab ketadiganlardan emasmiz” – Germaniya elchisi
16:40 / 16.05.2026
Sergelidagi qo‘lansa hid: muammo yechimi nimaga bog‘liq?
12:22 / 16.05.2026
Mutlaq rekord: Toshkentda 912 marta qoida buzgan Matiz aniqlandi
12:11 / 15.05.2026