Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev taekvondo bo‘yicha qora kamar oldi va taxtani sindirdi
Qozog‘iston prezidenti sovg‘ani olganidan so‘ng, maxsus taxtani bir zarbada sindirishga muvaffaq bo‘ldi.
Foto: Videodan kadr
Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbari Chungvon Chou Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevga ushbu sport turining oliy mukofoti - to‘qqizinchi «dan» qora kamarini topshirdi, deb xabar berdi Oqo‘rda.
To‘qayev Butunjahon taekvondo federatsiyasi rahbarining iltimosiga binoan mashg‘ulot taxtasiga dastxat yozib qoldirdi, so‘ngra uni bir zarbada sindirdi.
«Men bunga munosib emasman, chunki taekvondo bilan shug‘ullanmayman. Sovg‘angizni biroz bo‘lsa-da oqlash uchun endi har kuni ertalab bir-ikki mashq qilishimga to‘g‘ri keladi», deb hazillashdi To‘qayev Oqo‘rdada Chou bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda.
Mavzuga oid
12:13 / 28.12.2025
Aqto‘bedagi halokatlar: sabablar nima?
23:27 / 27.12.2025
Qozog‘iston tog‘larida uch kishining jasadi topildi
12:53 / 27.12.2025
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
21:36 / 25.12.2025