Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkent viloyatida o‘rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo‘ldi - FA
Foto: Fanlar akademiyasi
Shoabdumalik ota yodgorligi Toshkentdan 40 km masofada - Ohangaron magistralining yonida, Ohangaron daryosining o‘ng qirg‘og‘ida joylashgan.
Fanlar akademiyasining xabar qilishicha, yodgorlikning janubi - janubi-sharqida joylashgan aholi punkti hududida ko‘p yillar davomida ruxsatsiz shudgorlash va ekin ekish ishlari olib borilgan.
2018 yildan buyon bu yerda «Oltin Meros» xalqaro xayriya jamg‘armasining Toshkent viloyati bo‘limi tashabbusi hamda moliyaviy ko‘magi bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti va O‘zR FA Tarix instituti qo‘shma ekspeditsiya guruhi tomonidan kichik qidiruv ishlari olib borildi.

Ilmiy izlanishlar natijasida ushbu yodgorlikda Qoraxoniylar davriga oid (X-XI asrlar) turar-joy majmuasi topildi. Ushbu yodgorlikni saqlab qolish uchun qazilma ishlari olib borilgan umumiy maydoni 200 kv.m. joyning tepasiga ship o‘rnatildi. Bu Toshkent viloyatida o‘rab olingan arxeologik yodgorlikning birinchisi bo‘ldi.


Xabarda aytilishicha, Shodmalik ota majmuasi hozirgi shaklda turistik diqqatga sazovor joy bo‘lib, unga Shodmalik ota maqbarasi, arxeologik joy - ochiq osmon ostidagi muzey va statsionar arxeologik baza kiradi. Kelajakda Shodmalik ota majmuasi negizida arxeologik muzey qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
19:01 / 18.01.2026
Toshkent viloyatidagi uylardan tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan 17,5 tonna qum va toshlar topildi
10:30 / 13.01.2026
Chotqol tizmasida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi
20:00 / 10.01.2026
Quvadagi qazishmalar chog‘ida miloddan oldingi davrga oid devor topildi
11:15 / 07.01.2026