1970-yillarga kelib bu yurtlar Britaniya imperiyasidan mustaqil böldi va biz biladigan Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Bahrayn, Birlaşgan Arab Amirliklari, Ummon va Qatar davlatlari taşkil topdi. Aksari kiçik va kam sonli aholiga ega bölgan bu «renter davlatlar» hozirda global tasdiqlangan neft xomaşyosi zaxiralarining uçdan bir qismiga hamda dunyo gaz zaxiralarining beşdan bir qismiga egalik qiladi.

Yangi mamlakatlarning hukmron oilalari vaqt ötib neft va gaz eksportidan kelgan tuşumlarni mahalliy aholi bilan baham köra boşladi. Şu tariqa, Fors körfazi mamlakatlarining aholisi dunyodagi eng boy xalqlar qatoriga kirdi.

Masalan, Qatarda aholi jon boşiga yalpi içki mahsulot şu topda 50 000 dollarni, BAAda 36 284 dollarni taşkil etgan. Taqqoslaş uçun: Özbekistonda bu raqam 1750 dollarga teng.

Aslida bu davlatlarning fuqarolari bundan ham badavlatroq, çunki Fors körfazida yaşovçilarning köp qismi – neft va gaz eksporti daromadlarida uluşga ega bölmagan çet ellik işçilar.

«Energiya qirolliklari» degan kitob muallifi Jim Kreyn neft sabab arablarning turmuş tarzidagi tub özgarişlarni tavsif etadi. 1970 yilda deyarli heç bir xonadonda elektr energiyasi, demak, muzlatgiç yoki konditsioner yöq edi. Biroq, 2010 yilga kelib energiya iste’moli şu darajaga yetdiki, aholi jon boşiga hisoblanganda bu mamlakatlar dunyodagi örtaça körsatkiçidan 10 barobar köp energiya iste’mol qilişni boşlagan. Mahalliy aholi energiya tejamkorligi öta past bölgan Toyota Land Cruiser kabi, 100 kilometrga taxminan 16 litr benzin sarflaydigan maşinalarni sotib ola boşlaşdi. Hukumatlar deyarli hamma joyda, hatto köçalar, stadionlarda konditsioner örnatişdi.

1971 yildan 2015 yilgaça bölgan davrda içki neftga bölgan talab Kuvaytda 521 foizga, Qatarda 12 500 foizga va BAAda 27 733 foizga oşdi.