Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muborak GQZ oltingugurt kukunini ishlab chiqarish loyihasini ishga tushiradi
«Muborak gazni qayta ishlash zavodi» MChJ 2016-yil oxirigacha yiliga 80ming tonna oltingururt kukunini zarracha shaklida ishlab chiqarish quvvatiga ega loyihani yakunlaydi. Yangi loyihani ishga tushirish mahsulot sifatini xalqaro ekologik talablar darajasiga olib chiqishga imkon beradi.
Bundan tashqari, tayyor mahsulotni tashish, qayta ishlash qulaylashadi. Bu ham uning raqobatbardoshligini oshiradi, deb xabar qilmoqda UzDaily.uz.
Yaqin yillarda zavodda yana bir yirik loyiha yakuniga yetkazilishi kutilmoqda. U, mavjud quvvatlardan yanada samarali foydalanishga imkon beradi. Ayni vaqtda, gazni oltingugurtdan tozalash uskunalari orqali o‘tayotgan qayta ishlangan kislotali gazlar tarkibidan oltingugurt olish qurilmasini o‘rnatish ishlari bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.
Uning quvvati soatiga 57 ming kubmetr gazni qayta ishlashga teng bo‘ladi. U, yiliga 280 ming tonna oltingugurt ishlab chiqara oladi.
Muborak gazni qayta ishlash zavodi 1971-yili ishga tushirilgan. Uning hozirgi quvvati 30 mlrd. kubmetr tabiiy gazni qayta ishlab, 570 ming tonna gaz kondensati va 417 ming tonna oltingugurt olish imkonini beradi.
Mavzuga oid
14:26 / 03.09.2024
“Badbo‘y hid, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi va lanjlik” – kondagi texnogen ofatdan keyin boysunliklar nima demoqda?
07:21 / 02.09.2024
Boysundagi konda oltingugurt gazi chiqishi kuzatildi
18:09 / 04.07.2024
“Lukoyl”ga nisbatan narxlarni sun’iy oshirish alomatlari bilan ish qo‘zg‘atildi
19:07 / 17.09.2020