1 sentabr kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi konda oltingugurt gazi çiqişi kuzatildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga köra, soat 15:17 da tumanning «Kölqamiş» MFY hududida joylaşgan «Mustaqillikning 25 yilligi» koniga qaraşli 604-sonli quduğida burğilaş işlari olib borilayotgan bölgan. Şu vaqtda texnologik jarayonning buzilişi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi çiqişi kuzatilgan.
Aholi xavfsizligini ta’minlaş maqsadida kon yaqinida yaşovçi fuqarolar xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.
«Fuqarolarning jarohat oliş va halok böliş holatlari qayd etilmagan. «Vaziyat töliq nazorat ostida. Vahimaga örin yöq», — deb qöşimça qildi vazirlik.
Özbekiston prezidenti topşiriğiga asosan, boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov, favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qöldoşev, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov, soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudoyarov, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov va «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib bordi.
Bu yerda barça tegişli vazirlik va taşkilotlarni jalb etgan holda, Tezkor ştab taşkil qilingan. Texnogen ofat asoratlarini bartaraf etiş böyiça zarur çoralar körilmoqda.

Favqulodda holat sodir bölgan hududda havoning ifloslaniş darajasini örganiş, kelib çiqqan holatlarni bartaraf etiş böyiça işlar olib borilmoqda.
Tarmoqlarda tarqalgan videolarda tungi vaqtda köçada yuzlab odamlar harakatlanayotganini köriş mumkin.
Ma’lumot uçun, vodorod sulfid – bevosita asab tizimiga ta’sir qiluvçi zaharli gaz hisoblanadi. U hid biliş nervini falaj qiliş xususiyatiga ega, buning oqibatida odam bu gazning hidini sezmay qoladi. Bu köpinça toksik manba bilan aloqani öz vaqtida aniqlaş va töxtatiş qobiliyati yöqligi tufayli kuçli zaharlanişga olib keladi. Kam miqdordagi vodorod sulfidi bölgan havodan nafas oliş boş aylanişi, boş oğriği, köngil aynişi, qayt qilişga, yuqori konsentratsiya esa koma, tutqanoq, öpka şişi va ölimga olib kelişi mumkin.

















