«Lukoyl» kompaniyasining oltingugurt narxini sun’iy ravişda oşirişga uriniş holati aniqlandi. Bu haqda Raqobat qömitasi xabar berdi.

“Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasining birja savdolari orqali texnik oltingugurt mahsulotini realizatsiya qilişda, şu jumladan birja savdolarida mahsulot hajmlarini nomuvofiq qöyiş kabi manipulyatsiya holatlari orqali mahsulot narxlarini oşişiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlandi. Bu birja savdolarida texnik oltingugurt mahsuloti narxlarining örtaça 10 foizdan 50 foizgaça oşişiga sabab bölgan”, deyiladi qömita xabarida.

Şu munosabat bilan, Raqobat qömitasi tomonidan “Lukoil Overseas Supply and Trading Ltd” kompaniyasiga nisbatan “Raqobat töğrisida”gi qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizom talablari buzilişi alomatlari böyiça iş qözğatilgan.