Kun.uz bir neça boysunliklar bilan boğlanib, «Mustaqillikning 25 yilligi» konida sodir bölgan texnogen holatdan keyingi vaziyat haqida söradi. Suhbatdoşlarga köra, şahar va uning atrofini aççiq xid qoplab, nafas oliş qiyinlaşgan. Köpçilikda boş oğriği, köngil aynişi va lanjlik alomatlari kuzatilmoqda.

1 sentabr kuni Boysun tumanining «Kölqamiş» MFY hududida joylaşgan «Mustaqillikning 25 yilligi» konida texnologik ofat sodir böldi. Oltingugurt (vodorod sulfid) gazi çiqib, atrofdagi aholi yaşaş punktlariga tarqalmoqda. Bu şu yerlik aholining soğliğiga ham ta’sir qila boşlagan. Kun.uz suhbatlaşgan boysunliklar ayni damdagi holat haqidagi taassurotlarini aytib berdi.

“Şaharni yoqimsiz, aççiq badböy hid qoplagan. Nafas oliş qiyinlaşgan. Köp odamlar özlarida lanjlik va boş oğriğini his qilyapti”, dedi Kun.uz suhbatdoşlaridan biri.

Boşqa bir suhbatdoşga köra, texnogen vaziyat sodir bölgan kon şahardan taxminan 15 km masofada joylaşgan. Undan haligaça oltingugurt gazi çiqişi davom etmoqda. “Şaharning içiga qadar kuçli hid yetib kelmoqda. Menda nafas qisişi sezilmadi, ammo badböy hid şaharni örab olgan”, deydi u.

Kun.uz bilan suhbatlaşgan yana bir fuqaro Boysun şahrida odamlar tibbiy niqob taqa boşlaganini, nafas olganda kuygan latta hidiga öxşaş hid sezilayotganini bildirdi.

“Kelayotgan badböy hid şamol yönalişiga qarab özgarib turibdi. Ahvol juda yomonlaşib ketmadi, ammo yaxşilanayotganiyam yöq, bir me’yorda davom etmoqda. Odamlarni tuman markaziga köçirişyapti. Xohlaganlar öz maşinalarida ketyapti, qolganlar şu yerda. Falokat oqibatlarini bartaraf etiş işlari neça kun davom etişi hozirça aytilmadi.

Açigan tuxumning hidiga öxşaydi, boşni oğritib, köngilni aynityapti”, deya ma’lum qildi yana bir suhbatdoş.

Texnogen ofat 1 sentabr kuni Boysun tumanining «Kölqamiş» MFY hududida joylaşgan «Mustaqillikning 25 yilligi» konida sodir bölgan. Konga qaraşli 604-sonli quduqda burğilaş işlari olib borilayotgan vaqtda texnologik jarayonning buzilişi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi çiqişi kuzatilgan.

Uşbu holatdan söng Özbekiston prezidenti topşiriğiga asosan, boş vazir örinbosari Oçilboy Ramatov, favqulodda vaziyatlar vaziri general mayor Abdulla Qöldoşev, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov, soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudoyarov, Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov va «Özbekneftgaz» AJ boşqaruv raisi Bahodirjon Sidiqov hodisa joyiga yetib bordi. U yerda barça tegişli vazirlik va taşkilotlarni jalb etgan holda tezkor ştab taşkil etilgan, texnogen ofat asoratlarini bartaraf etiş böyiça zarur çoralar körilayotgani ma’lum qilingandi.

Tarmoqlarda yuzlab odamlar yuk maşinalarida evakuatsiya qilinayotgani aks etgan videolavhalar ham tarqaldi.

Ma’lumot uçun, vodorod sulfid – bevosita asab tizimiga ta’sir qiluvçi zaharli gaz hisoblanadi. U hid biliş nervini falaj qiliş xususiyatiga ega, buning oqibatida odam bu gazning hidini sezmay qoladi. Bu köpinça toksik manba bilan aloqani öz vaqtida aniqlaş va töxtatiş qobiliyati yöqligi tufayli kuçli zaharlanişga olib keladi. Kam miqdordagi vodorod sulfidi bölgan havodan nafas oliş boş aylanişi, boş oğriği, köngil aynişi, qayt qilişga, yuqori konsentratsiya esa koma, tutqanoq, öpka şişi va ölimga olib kelişi mumkin.