Og‘riq qoldiruvchi dorilar qanday salbiy oqibatlarga olib kelishi aniqlandi

Og‘riq qoldiruvchilarning keng qo‘llanilishi yurak yetishmovchiligi tufayli shifoxonaga tushuvchi bemorlar sonining ko‘payishiga olib kelmoqda. Gap yallig‘lanishga qarshi nesteroid dori vositalari haqida bormoqda. Milandagi Bikokka universiteti olimlarining shunga doir ilmiy izlanishlari Medicalxpress nashrida chop etildi.
Tadqiqot davomida olimlar Germaniya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Italiyada yashovchi, og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini qabul qiluvchi 10 million bemorning ma'lumotini tahlil qilib chiqishdi. Tadqiqotchilar bunda 92 mingdan ortiq shifoxonaga tushish holatlarini aniqlashdi, har bir bemorning qaysi dorini qanday dozada qabul qilganligini ham o‘rganib chiqishdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, diklofenak, ibuprofen, indometatsin, ketorolak, naproksen, nimesulid, piroksikam kabi dori vositalari, shuningdek Sox 2 ingibatorlari - etorikoksib va rofekoksib - katta dozalarda yurak yetishmovchiligi xavfini ikki barobar oshirishi ma'lum bo‘ldi.
Bu natijalar kuzatuv tadqiqotidan olingan bo‘lsa-da, ekspertlar og‘riq qoldiruvchi dori vositalarini ehtiyotkorlik bilan qabul qilishni tavsiya qilishmoqda.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
TIV: O‘zbekiston fuqarolarining Ukrainadagi urushda qatnashayotganiga oid ma’lumotlar tekshirilmoqda
O‘zbekiston | 20:22
-
Open AI asoschisi ko‘z gavhari orqali shaxsni tasdiqlaydigan loyihani ishga tushirdi
Fan-texnika | 20:20
-
Toshkentda BYD piyodani urib yubordi
Jamiyat | 20:17
-
Argentina sohillarida 7,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
Jahon | 20:13
Mavzuga oid

21:26 / 08.04.2025
Olimlar ifloslangan havo keksalar miyasiga zarar yetkazishini aniqladi

08:02 / 05.04.2025
Olimlar bonobo maymunlarining «tili»ni o‘rganib chiqishdi

11:30 / 24.03.2025
O‘smirlarda internetga qaramlik giyohvand moddalarga qaramlik bilan tenglashtirildi

00:10 / 23.03.2025