Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Beeline Uzbekistan abonentlarga eSIM raqamli kartalarini ulashni boshladi
Beeline Uzbekistan raqamli operatorga aylanish yo‘lini davom ettirmoqda. Kompaniya abonentlari endi eSIM'ga ulanish xizmatidan – oddiy SIM-kartalarning raqamli analoglaridan foydalanishlari mumkin. Yangi turdagi kartalar sinmaydi yoki yo‘qolmaydi, Beeline mijozlari uchun birinchi ulanish bepul.
Foto: Beeline Uzbekistan
Raqamli kartalar mobil qurilmalar rivojlanishidagi navbatdagi bosqichidir. Nano-SIM’kartalardan bir necha barobar kichik bo‘lgan eSIM modullari bilan ishlab chiqaruvchilar smartfon va planshetlarni, shuningdek, jismoniy kartalar uchun slotlarga ega bo‘lmagan, lekin mobil tarmoqqa ulanishi kerak bo‘lgan boshqa gadjetlarni jihozlaydilar.
“Bugungi kunda tobora ko‘proq qurilmalar mobil Internet orqali ishlaydi. Masalan, butun dunyoda mashhur bo‘lgan fitnes bilaguzuklarini olaylik. Allaqachon eSIM’da ishlaydigan o‘nlab smartfon modellari mavjud, garchi bu nisbatan yangi texnologiya bo‘lsa ham. O‘zbekistondagi eng tez internet* bilan biz abonentlarimizga ertaga nima kerak bo‘lishi haqida o‘ylaymiz. Yangi turdagi kartalar raqamli xizmatlarning qulay olamiga yanada chuqurroq kirib borishga yordam beradi”, - deya voqeani sharhlaydi Beeline Uzbekistan'ning bosh direktori Andjyey Malinovski.
Birinchi marta eSIM’ni abonentlar kompaniyaning istalgan ofisida shaxsini tasdiqlovchi hujjatni ko‘rsatish orqali bepul ulashlari mumkin. Kelajakda smartfon yo‘qolgan taqdirda raqamli kartani almashtirish yoki undagi raqamni tiklash mumkin – bunday xizmatlar operatorning amaldagi tariflari bo‘yicha to‘lanadi. eSIM imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotni kompaniyaning saytida topish mumkin.
*Ookla ma’lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning birinchi yarmi (Speedtest xizmatini ishlab chiquvchi), Beeline Uzbekistan o‘z mijozlariga mamlakatdagi eng tezkor mobil Internetni taqdim etadi. Har yili butun dunyo bo‘ylab operatorlar o‘rtasida o‘tkaziladigan mobil Internet sifatini o‘rganish natijalarini Ookla saytida ko‘rish mumkin.
«Unitel» MChJ 2006 yil 12 sentyabrdan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan – bosh qarorgohi Amsterdamda (Gollandiya) joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi.
VEON – bu 9 ta mamlakatda 213 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini yetkazib beruvchi kompaniya. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida ro‘yxatga olingan.
Beeline Uzbekistan’da 1.6 mingga yaqin xodim faoliyat yuritadi. 2006 yildan boshlab, O‘zbekiston bozoriga kirganidan beri, VEON mamlakat telekommunikatsiya sanoatiga 1.2 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritdi. Beeline savdo belgisi O‘zbekistondagi faoliyati davomida 1.7 milliard dollardan ortiq miqdorda soliq to‘lagan.
Sayt: beeline.uz
Facebook: fb.com/beeline.uz
Instagram: @beeline_uzbekistan
Telegram: t.me/beelineuzbekistan
Twitter: twitter.com/beeline_uz
LinkedIn: linkedin.com/company/beeline-uzbekistan
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
11:00 / 16.09.2025
Beeline Uzbekistan Ookla tomonidan mobil qurilmadan video tomosha qilish bo‘yicha eng yaxshi operator deb tan olindi
11:00 / 10.09.2025
Beeline Uzbekistan Opensignal tomonidan mamlakatning eng tezkor mobil interneti va eng barqaror tarmog‘i deb topildi
15:00 / 12.08.2025
Beeline Uzbekistan sun’iy intellekt xizmatlari uchun cheksiz internetli birinchi tarifni taqdim etdi
17:00 / 17.07.2025